Oʼquvchi yoshlarda keng dunyoqarashni shakllantirish va ularni ilgʼor xorijiy mamlakatlardagi ta’lim jarayoni bilan tanishtirish maqsadida Jizzax politexnika instituti akademik liseyi Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Farida Xolboyeva va Yaponiya davlati Xokkaydo (Shimoliy orol) Xalq taʼlimi maktabi oʼqituvchisi Akiko Matsimoto hamkorligida 1-bosqich Aniq fanlar(iqtisod) 104-guruh talabalariga "WELCOME TO MY COUNTRY" mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn ochiq dars oʼtildi. Darsda Jizzax politexnika instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Bunyod Bazarov va kafedra oʻqituvchilari ham ishtirok etishdi. Yaponiyalik va Jizzaxlik oʼquvchilar oʼzaro savol javoblar orqali yaqindan tanishib olishdi. Kelgusida ham hamkorlik va tanishuv darslari davom ettirilishi rejalashtirilgan. Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online