Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan Jizzax shahridagi 29-sonli Mehribonlik uyiga Jizzax politexnika instituti xodimlari, Kimyoviy texnologiya fakulteti jamoasi, tyutorlar hamda talaba-yoshlar tomonidan bayram sovg'alari taqdim qilindi. Bolalarga bayram sovg'alarini topshirishda ularning yoshlari va qiziqishlari e'tiborga olindi. Bu borada Mehribonlik uyi rahbariyati yaqindan yordam berdi. Bolajonlar mehmonlarni ko’zlarida quvonch va hayajon bilan kutib olishdi. Tadbirda birinchi so'zni Mehribonlik uyi rahbari O.Hamraqulova ochib berdi. So’z boshida Jizzax politexnika institutining professor-o'qituvchilari va talabalari Yangi yil bayrami bilan tabriklashga kelganligini, yaxshi o’qishsa kelajagi buyuk insonlar bo’lib yetishini ta'kidlab o’tdi va keyingi so'zni institut Xotin-qizlar maslahat kengash raisi B.Tursunovaga berdi. B.Tursunova aziz bolajonlarni bayram bilan tabriklab, doimo sog'-salomat, baxtli-saodatli, yuzlaridan kulgu arimasligini tilab, ularni samimiy tabrikladi. Shundan soʼng, talaba-yoshlar ham aziz bolajonlarni avvalo kirib kelayotgan bayram bilan tabriklab ularning kelgusi o'qish va ishlariga omadlar tiladi. Navbat fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari N.Rashidova berildi. U o'z so'zida bolalarni yangi yil bayrami bilan tabriklab, siz aziz yoshlar kelajakda eng buyuk insonlar bo'lasizlar, diyorimizni dunyoga tanitasizlar deb bolalarga ishonch bildirdi. Tyutorlar O.G'oyipov hamda M.Taylanova ham o’zning eng yaxshi tilaklarini bildirdi. Tabrik qismidan so'ng har bir bolaga bayram sovg'alari topshirildi va shu bilan tadbir o'z nihoyasiga etdi.