Ayni damda Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Yil talabasi — 2020" Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda. Tanlov g'oliblari qatorida Jizzax politexnika instituti "Sanoat texnologiyalari" fakulteti talabasi Qayumov Abdumalik ham bor. Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan talabalar ham taqdirlangan. Taqdirlanganlar orasida "Arxitektura va qurilish" fakulteti talabasi Imomova Dildora ham borligi bizni yanada quvontirdi. Ushbu natija bilan institutimiz talabalarini samimiy tabriklaymiz.   Ta'kidlanishicha, iste’dodli va shijoatli yoshlarni kashf etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladigan mazkur tanlovda joriy yilda 7000 nafardan ortiq talaba ishtirok etgan. Shundan OTMlardan jami 427 ta hujjat respublika bosqichiga saralangan. Tanlovning yakuniy bosqichi Ishchi guruhi a’zolari tomonidan onlayn tarzda o‘tkazilgan va Tashkiliy qo‘mitaning yakuniy xulosasiga ko‘ra 21 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.   Gʻoliblarni taqdirlash marosimiga bag‘ishlangan tadbir davom etmoqda. Foto: Javlon Rashidovich   Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online