Bugun, 12-mart kuni Jizzax politexnika instituti 3-o‘quv binosining Madaniyat saroyida "Sanoat texnologiyalari" fakulteti tomonidan O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Jizzax viloyat Kengashi hamkorligida “Deputat va yoshlar” uchrashuv doirasida “Yoshlarning muommolari partiya e’tiborida” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat va shahar Kengashlari mas’ullari, viloyat bandlikka ko‘maklashuvchi markazi hamda Mikrokredit bank mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.