Bugun, 16-aprel kuni Jizzax shahrida joylashgan Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida «Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya» Respublika kino majmuaviy tadbirlari haftaligi doirasida kinoijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Respublikamizdagi taniqli kinoijodkorlar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri suhbat qilish imkoni paydo boʼldi. Ijodiy uchrashuvda Jizzax politexnika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Oʼzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali professor-oʼqutuvchilar va talabalari ham ishtirok etdi.
Ular bilar o‘zbek kino sanʼati tarixi va bugungi kuni bo‘yicha muloqot uyushtirildi.
Uchrashuv so‘nggida mehmonlar tomonidan ishtirokchilarda paydo boʼlgan savollarga javob berildi.