Bugun, 2-mart kuni Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Jizzax politexnika instituti talaba-qizlari ishtirokida “ZEBO SANAMLAR” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirni  institut rektori t.f.d. professor Alisher Kadirkulovich Usmankulov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng, institutda faoliyat olib borayotgan, o’z sohasida yutuqlarga ega professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talaba-qizlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Taqdirlash tugagach, tadbir rejasiga asosan institutning talaba-qizlari o‘rtasida o’tkazilayotgan “Zebo sanamlar” ko‘rik-tanloviga navbat berildi. Unda talaba-qizlarning xohish istaklarini inobatga olgan holda, ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, ularning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlash, tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirish, yoshlarni ma’naviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va davlatning taraqqiyoti yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan fidoiy insonlar qilib tarbiyalashda vatanparvarlik hissini uyg‘otish hamda bu sohadagi tashabbuskor, faol jamoatchi talabalarni aniqlash, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni oilaga, hayotga tayyorlash maqsadida tashkil etildi. Talaba-qizlar 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar: 1–shart: Tanishtiruv sharti bo'lib, unda har bitta ishtirokchi qiz, ular haqidagi ma’lumot bilan boshlovchilar tomonidan tanishtirildi. Tanlov nizomiga ko'ra, ishtirokchi talaba-qizlar milliy matolardan zamonaviy uslubda tikilgan liboslarda, talaba-qizlarga xos soch turmaklarida bo‘lishlari belgilangan bo'lib, hakamlar tomonidan ularning libosiga, soch turmaklariga baho berildi. 2–shart. Milliy o‘zligini anglaydigan, milliy g‘urur va o‘z millatiga sadoqatli bo‘lishni eng yuksak burch deb biladigan, talaba-qizlarimizning oilada haqiqiy beka bo‘lishida pazandalikning roli nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi barchamizga ma’lum. Shu sababli bu shartda talabalar o'zlarining pazandalik mahoratlarini namoyish etishdilar, ya’ni millatimizga xos bo‘lgan mehmon kutishda milliy taomimiz hisoblangan osh tayyorlash uchun zarur mahsulotlardan biri bo‘lgan sabzi to‘g‘rashni ko‘rsatib berdilar. Bu shart sahnada bajarildi. 3–shart. Yurtimizda xotin-qizlar sportiga katta ahamiyat qaratilayapti. Ushbu shartda ishtirokchi qizlarimiz sportning basketbol to‘pini to‘rga tushirish, arqonchada sakrash, 30 metrga yugurish turlari bo‘yicha bellashadilar.Ushbu shart 24-fevral kuni bajarilgan hamda tasvirga olingan bo'lib, tadbirda rolik orqali namoyish etildi. 4–shart. Sadoqat va vafo timsoli, sevimli shoirimiz Hamid Olimjon hamda shoiramiz Zulfiyaxonim she’riyatiga bir nazar deb nomlandi va ularning she’rlaridan mushoira o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar navbat bilan Hamid Olimjon yoki  Zulfiyaxonimning  she’rlaridan 4 misradan aytdilar. To‘xtab qolgan ishtirokchi shartdan chiqishi va shu holatda mushoira davom etishi belgilangan bo'lib, shartdan birinchi bo‘lib chiqib ketgan ishtirokchiga 2 ball, ikkinchi bo‘lib chiqib ketgan ishtirokchiga 3 ball, uchinchi bo‘lib chiqib ketgan ishtirokchiga 4 ball hamda oxirigacha qolgan ishtirokchilarga 5 balldan baho berildi. 5–shart. Erkin mavzu bo'lib, unda ishtirokchi qizlar o‘zlari xohlagan ko‘rinishlarni ijro etdilar. Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra: 1) Oliy o‘rin – “Servis” fakulteti 512-20 guruhi talabasi Farxodjonova Ezoza; 2) 1-o‘rin – Sanoat texnologiyalari fakulteti 311-20 guruhi talabasi Ibaydullayeva Oliya; 3) 2-o‘rin – Arxitektura va qurilish fakulteti 201-19 guruhi talabasi Toshpo‘latova Ozoda; 4 ) 3-o‘rin – Transport fakulteti 112-20  guruhi talabasi Bobojonova Ro‘zigul; Nominatsiyalar: “Eng pazanda talaba-qiz” – Energetika va radioelektronika fakulteti 451-20 guruhi talabasi Akromova Madinabonu; “Eng tashabbuskor talaba-qiz” – Kimyoviy texnologiya fakulteti 732-20 guruhi talabasi Baratova Zarina; “Eng mahoratli talaba-qiz” – Qurilish materiallari  fakulteti 824-18 guruhi talabasi Karimova Shohsanam; Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar institut ma’muriyatining faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.   Institut matbuot xizmati   Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online