Mamlakatimiz rahbarining Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusini bajarish boʻyicha Jizzax politexnika institutida tizimli tadbirlar yo’lga qo’yilgan. Institutning “Arxitektura va qurilish” fakultetida 5 muhim tashabbusning 4-tashabbusi(“Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan”)ning  ijrosini ta’minlash maqsadida akademik guruhlardan tashkil topgan talabalari o’rtasida “Zukko kitobxonlar” ko’rik tanlovining fakultet bosqichi o’tkazildi.
Tanlovda kafedra bosqichlaridan yuqori ball to’plagan 9 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlov natijasiga ko’ra 1-o’rinnni 204-20 B va IQ jamoasi, 2-o’rinni 241-19 XK (uy-joy) jamoasi va 3-o’rinni 231-19 Arxitektura jamoalari egallashdi. Tanlov yuqori saviyada tashkil qilindi va g’olib jamoalarga fakultet dekani tomonidan diplom hamda estalik sovg’alari topshirildi.
Fakultet ma'muriyati jamolarga tanlovning institut bosqichida muaffaqiyat tilaydi.