O‘zbekistonda ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabul qilish jarayoni 2020-yilning 10-avgustidan boshlanadi. Bu haqda AOKA zalida tashkil etilgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Holiqov tomonidan ma’lum qilindi.

“Hujjat qabul qilish bakalavriat va magistratura bosqichidagi kabi onlayn amalga oshiriladi. Ikkinchi mutaxassislikka qabul kvotalari belgilanmaydi, Oliy ta’lim muassasalari abituriyentlar soniga qarab imtihonlar suhbat asosida yoki kontingent kam bo‘lsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul amalga oshiriladi. Biz Davlat komissiyasiga ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat qabul qilish jarayoni joriy yilning 10—31-avgust kunlari o‘tkazilishi bo‘yicha taklif kiritdik”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan boshlanib 14 kun davom etishi, bakalavr bosqichining 1, 2, 3, 4-bosqich talabalariga hozircha sentabr oyidan boshlab masofaviy ta’lim boshlanishi, shuningdek, O‘zbekistondagi OTMlarda 2020-yilda kontrakt miqdori o‘zgartirilmasligi haqida ham xabar berilgan.

manbaa: daryo.uz