Центр «Шаг в будущее»

      O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli "Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilingan. Unga asosan yoshlarning bandligini ta'minlash, oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida quyidagilar ustuvor vazifa etib belgilabgan:

      1. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va "O'zmilliybank" AJning oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko'maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi "Kelajakka qadam" dasturini (keyingi o'rinlarda - Dastur) amalga oshirish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin:

      a) o'z biznes g'oyalarini amalga oshirish istagi bo'lgan oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari va oliygohni tamomlaganiga 3 yildan oshmagan bitiruvchilar uchun 1-ilovaga muvofiq Dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklari (keyingi o'rinlarda - vakolatli banklar) tomonidan biznes g'oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to'liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;

      b) oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari o'rtasida sohalar bo'yicha ochiq tanlovlar o'tkazish va g'oliblarni ish bilan ta'minlashga ko'maklashish. Bunda:

      salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma'lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo'yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;

      tanlov g'oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko'ra individual kasbiy ta'lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;

      individual kasbiy ta'lim dasturlarida ishlab chiqarish ob'yektlarida amaliyot o'tash va chet eldagi oliy ta'lim tashkilotlarida qisqa muddatli o'quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

      2. Dastur "O'zmilliybank" AJ tomonidan hududlarda, shu jumladan autsorsing asosida tashkil etiladigan "Kelajakka qadam" markazlari (keyingi o'rinlarda - Markazlar) orqali amalga oshiriladi;

      barcha oliy ta'lim tashkilotlari Dastur ishtirokchilari hisoblanadi va talabalarni ishga joylashga ko'maklashish bo'yicha Markazlar bilan hamkorlik kelishuvlarini tuzadi.

      3. Dasturni amalga oshirish maqsadida vakolatli banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasidan:

      80 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida 10 yilga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davri bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foizda;

      20 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida bitiruvchi bosqich talabalarining o'quv jarayonida korxona (tashkilot)da amaliyot (keyingi o'rinlarda - amaliyot) o'tash xarajatlarini moliyalashtirish hamda eng yaxshi startap va innovasion loyihalarga grant mablag'lari taqdim etish uchun beg'araz asosda mablag' ajratilgan.