![]() |
«Ma’naviyat va ma’rifat» bo’limi boshlig’i |
Rashidova Baxti Yaxyayevna | |
Qabul vaqti: haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha | |
Telefon: 0372-226-45-47 | |
E-mail: rashidova.b@umail.uz |
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va institut ichki buyruqlari hamda bo’limning nizomiga binoan faoliyat ko’rsatadi.
Тalabalarni milliy istiqlol g’oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limida 3 nafar xodim faoliyat olib boradi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshligi- B.Y. Rashidova
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi vazifalari:
• Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha qabul qilingan hujjatlari va ko’rsatmalarini institut jamoasiga o’z vaqtida yetkazish va ulardagi vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.
• Fakultet dekanlarining ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha muovinlari va jamoatchilik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
• Talabalar turar joylarida ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi.
• Axborot resurs markazi ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qiladi.
• «Axborot guruhi» uchun yetarli shart sharoitlar yaratadi.
• Ustoz-murabbiylar kengashi faoliyatini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
• «Kamolot» YoIH, xotin-qizlar kengashi hamda turli jamoatchilik tashkilotlari va tuzilmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
• Ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda to’garaklar, klub va yig’inlar tashkil etadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
• Institut ommaviy tadbirlarida, hashar va obodonchilik ishlarida institut jamoasi va talabalarning keng ishtirokini ta’minlaydi.