Arxitektura va qurilish

Arxitektura va qurilish

card image «Arxitektura va qurilish» fakulteti dеkani
iqtisod fanlari nomzodi. Berdiqulov Azzam Mardonovich
Qabul vaqti: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Telefon:  (93) 301-48-88, (97) 815 85 00
E-mail: azzamberdikulov@mail.ru

«Arxitektura va qurilish» fakulteti tarixi

Mustaqillikdan keyin, 1992 yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, aloxida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi.1977 yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax «Umumtexnika» fakulteti tashkil etildi. 1980 yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko‘rsatib, bunda asosan «Sanoat va fuqaro qurilishi», «Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish» mutaxassisliklari bo‘yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo‘jaligiga ko‘plab mutaxassislar etkazib berdi.

Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo‘llari institutning Jizzaxdagi «Umumtexnika», Toshkent Kimyo texnologiya institutining Jizzax «Umumtexnika» fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 5 ta fakultet faoliyat ko‘rsata boshladi. Bular: «Qurilish muxandisligi», «Muxandislik iqtisodiyoti», «Avtomexanika», «Kimyo texnologiya», «Kechki-sirtqi» fakultetlari shular jumlasidandir.

Hozirgi «Arxitektura va qurilish» fakulteti 2014 yil  12 iyundagi «Vazirlar Maxkamasining Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida 2012 yil 29 iyundagi 187-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida» 157-son qarori, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2014 yil 14 iyundagi 229-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida,»Binolar va muhandislik inshoatlari injineringi»nomi bilan “Avtotransport” hamda institutning «Sanoat texnologiyasi va qurilish» fakulteti bazasida «Sanoat texnologiyasi» fakultetlari tashkil etildi.

Jizzax viloyatining ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, Jizzax erkin industrial zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, respublika hududlarida arxitektura va qurilish sohasi xodimlari kasb darajasi va malakasini zamonaviy talablarga muvofiq muntazam oshirib borish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 699-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017 yil 17 sentyabrdagi 650-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax Politexnika institutida “Arxitektura va qurilish”, “Sanoat texnologiyalari”, “Avtotransport”, “Elektromexanika va radioelektronika”, “Servis” fakultetlari tashkil topdi.

Hozirda “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani Berdiqulov Azzam Mardonovich boshqarib kelmoqda.

Mirzabekov Mirkomil Saidaxmadovich Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini.

Azimova Sitora Yusufjonovna Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovuni.

  «Arxitektura va qurilish» fakulteti O‘quv Ishlari bo‘yicha dekan muovuni
Mirzabekov Mirkomil Saidaxmadovich
Qabul vaqti: har kuni soat 08-30 dan 16-00 gacha
Telefon: +99893 301-48-88
E-mail: mirkomil84@inbox.ru

Mirzabekov Mirkomil Saidaxmadovich «Arxitektura va qurilish» fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini. 1984 yil 14 yanvarda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tavallud topgan. Millati O‘zbek. O‘zLiDeP a’zosi. Ma’lumoti Oliy. 2005 yil Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti “Transport vositalarini ishlatish va foydalanish” bakalavr va 2007 yil Jizzax Politexnika instituti “Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash” mutaxasisligini magistratura bo‘limini tugatgan.

Sitora Yusufjonovna Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari.

  «Arxitektura va qurilish» fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari
Azimova Sitora Yusufjonovna
Qabul vaqti: har kuni soat 08-30 dan 16-00 gacha
Telefon: +99890-180-34-26
E-mail: sitora.azimova.87@mail.ru

Azimova Sitora Yusufjonovna “Arxitektura va qurilish” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovuni 1987 yil 26 yanvarda Jizzax viloyati, Jizzax shaxrida tug’ilgan. Millati O’zbek. Ma’lumoti Oliy.

Hozirgi kunda «Arxitektura va qurilish» fakulteti tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:

1. «Bino va inshootlar qurilish»

2. “Muxandislik kommunikatsiyalari”

3. “Arxitekturaviy loyihalash”

4. “O’zbek tili va adabiyoti”.

 

«Arxitektura va qurilish» fakulteti tarkibida 4 ta kafedra faoliyat ko’rsatadi:

1. “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi, kafedra mudiri t.f.n. dots. Asatov Nurmuxammad Abdunazarovich.

2. “Muxandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi, kafedra mudiri katta o‘qituvchi Toshmatov Norpo‘lat Umarkulovich.

3. “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi, kafedra mudiri t.f.n. dots. Bobobekov Baxodir Kudratovich.

4. “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi, kafedra mudiri katta o‘qituvchi Xamdamova Xanifaxon Shukurillayevna

 

Fakultetda 4 ta ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

1. 5340200 – “Bino va inshootlar qurilishi”

2. 5340400 – “Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji”

3. 5340100 – “Arxitektura” (turlari bo‘yicha)

4. 5610100 – «Хизматлар сохаси» (уй жой коммунал ва маиший хизматлар)

1 ta magistratura mutaxassisligi mavjud.

1. 5A340201 – «Bino va inshootlar qurilishi» (inshootlar turi bo‘yicha)

 

Bugungi kunda fakultetimiz jamoasi «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida talabalarga bilim berib, ularni jahon andozalariga javob beradigan qilib tayyorlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Hozirgi kunda fakultetda 906 nafar bakalavr va 28 nafar magistrlar tahsil olib kelmoqda.

 

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining malaka talablari

1-2-KURS

5340100 – Arxitektura (turlari bo’yicha)

5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)

5340400 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqliq-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)

5340400 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Suv ta’minoti va oqova suvlarni oqizish)

5610100 – Xizmatlar soxasi (faoliyat turlari va yo’nalishlari bo’yicha)

3-KURS

5340100 – Arxitektura (turlari bo’yicha)

5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)

5340400 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqliq-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)

5340400 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Suv ta’minoti va oqova suvlarni oqizish)

5610100 – Xizmatlar soxasi (uy-joy komunal va maishiy xizmatlar)

4-KURS

5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)

5340400 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqliq-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)

5340400 – Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Suv ta’minoti va oqova suvlarni oqizish)

5610100 – Xizmatlar soxasi (uy-joy komunal va maishiy xizmatlar)

5340100 – Arxitektura (turlari bo’yicha)