To’qimachilik maxsulotlarini qayta ishlash

  • Bosh sahifa
  • -
  • To’qimachilik maxsulotlarini qayta ishlash

To’qimachilik maxsulotlarini qayta ishlash

 

«To’qimachilik maxsulotlarini qayta ishlash» kafedrasi mudiri
Texnika fanlari nomzodi (PhD) Doniyorov Bektosh Bahodirovich
Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Телефон: +998 97 701 57 76
E-mail: 

«To’qimachilik maxsulotlarini qayta ishlash» kafedrasi haqida ma’lumot

“To’qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasida hozirgi kunda 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) va 60721200- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) kunduzgi;

5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) sirtqi ta’lim yo’nalishi  bo’yicha bakalavrlar;

Bundan tashqari, 70721201-To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (to’qima) ta’lim yo’nalishi  bo’yicha magistrlar ham tahsil olmoqda.

Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha jami  192 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda, shundan, 36 nafar birinchi kurs, 39 nafar ikkinchi kurs, 46 nafar uchinchi kurs, 50 nafar to’rtinchi kurs va 5 nafar birinchi kurs magistr, 16 nafar ikkinchi kurs magistr talabaridan iborat.

2022-2023 o’quv yilida talabalarga 45 nomdagi mutaxassislik fanlaridan yuqori saviyada tashkil etilgan o’quv xonalarida dars mashg’ulotlari olib borilmoqda.

Kafedrada bitta zamonaviy jihozlangan ma’ruza xonasi, uchta amaliy-seminarlar xonasi va ikkita o’quv-ishlab chiqarish laborotoriya xonalari mavjud.

Bundan tashqari, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyani, nazariya bilan amaliyotning uyg’unlashuvini jadallashtirish maqsadida Ishlab shiqarish korxonalari va kafedra o’rtasida imzolangan hamkorlik shartomalari asosida MCHJ “JIZZAX TEXTILE” xorijiy korxonasi, MCHJ “JIZZAX-TOSHTEPA TEXTILE” korxonasi hamda MCHJ “JADA COLOR TEXTILE”, MCHJ “JIZZAX KENTEKS”, MCHJ “OSTEXTILE” va boshqa korxonalarida kafedra filiallari tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda bo’lg’usi mutaxassislarga ushbu korxonalarda barcha shart-sharoitlar yaratilib mutaxassislik fanlaridan dars mashg’ulotlari olib borilmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada jami 26 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda, e’tiborli jihatlaridan yana biri shundaki, kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi.

Bundan tashqari, talabalarga chuqur bilim berish, yosh kadrlarga ilmiy maslahatlar berish maqsadida “To’qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi mudiri  t.f.n. dotsent Doniyorov Bektosh Baxodirovich tomonidan ilgari surilgan takliflari va tashabbuslari bilan kafedraga tayanch bo’lgan Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining bir qancha yetakchi olimlari t.f.n. professor. Alimboyev Erkin Sharipovich; t.f.d. professor. G’ofurov Jahongir Qobulovich;  t.f.d. professor. Jumaniyozov Qadam Jumaniyozovich, dotsentlar Hazratqulov Xamid Aliqulovich va Inagamjanov Dovrug’bek Davronovichlar o’quv jarayoniga keng jalb qilinib bugungi kunda bitiruvchi talabalar hamda yosh olimlarga o’zlarining bilim va tavsiyalarini berib kelmoqda.

Kafedramizda xorijiy OTM lar bilan ham aloqalar yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular bilan doimiy almashinuv va seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, dunyoning kuchli 500 talikka kiruvchi Qozog’istonning  M.Auezov nomidagi Janubiy Qo’zog’iston universiteti, Almata to’qimachilik texnologiyalari institutlari va boshqalarni misol qilishimiz mumkin. Bundan tashqari, kafedra professor-o’qituvchilari chet el mamlakatlaridagi turli universitet va institutlarda stajirovkaga borib kelishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2020 yil 30 iyundagi 168-sonli qaroriga asosan, Jizzax politexnika instituti huzurida PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengan tuzilib, uning tarkibi 9 kishi bo‘lib, shundan 5 nafari kafedramiz professor va dotsentlari tashkil etadi.

BAKALAVRIAT YO’NALISHI:

5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha);

60721200- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI:

70721201-To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (to’qima) ta’lim yo’nalishi  bo’yicha.

TAYANCH DOKTORANTURA IXTISOSLIGI:

05.06.02.- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

Kafedrada 2022-yil davomida 4 nafar professor-o’qituvchi X.Yo’ldoshev, E.Xolboyev, A.Kushimov va A.Salomovlar texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olishdi. Bundan tashqari, A.Shodmonqulovning ham 2022-2023 o’quv yili yakuniga qadar ilmiy ishini yakunlab dissertatsiya himoyasini o’tkazishi ham rejalashtirilgan.

Kafedradagi ilmiy izlanishlar natijasi sifatida kafedra professor-o’qituvchilari A.Usmankulov, B.Doniyorov, D.Inagamjanov, J.G’ofurov va boshqalar ERASMUS+ loyihalari doirasida “O’zbekiston va Qozog’iston OTMlarida charm va charm buyumlari masalalarini kuchaytirish” mavzusida grand mablag’lari yutilgan bo’lib, bosqichma-bosqich institut hisob raqamiga kelib tushmoqda hamda ilmiy ishlarni bajarish maqsadida yo’naltirilmoqda.

Hozirda kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot:

– To‘quvchilikka tanda iplarini tayyorlashning takomillashtirilgan texnologiyalari. (prof.E.SH.Alimboev rahbarligida B.Doniyorovning ilmiy tadqiqot yo‘nalishi);

– Matolarni to‘quv usulida badiiy bezash. (prof. E.SH.Alimboev rahbarligida M.Doniyorovaning DSc  ilmiy tadqiqot yo‘nalishi);

– Gilam ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyolardan foydalanishning innovatsion texnologiyasini tadqiq qilish. (dots. B.Doniyorov rahbarligida U.Jabborovning PhD dissertatsiyasi);

– To`quv dаstgоhlаri аssоrtimentlik imkоniyatlаri аsоsidа yo`l-yo`l nаqshli to`qimаlаrni lоyihаlаsh. (dots. M.Doniyorova rahbarligida D.Shamiyevning PhD dissertatsiyasi);

– Ikki qatlamli naqshli trikotaj to’qimalarining yangi assortimentlarini yaratish texnologiyasi (prof. N.Xanxodjayeva rahbarligida S.Karimovning PhD dissertatsiyasi) va boshqalar.

Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida kafedrada “Yosh to’qimachilar” ilmiy-ijodiy to’garagi tashkil etilgan bo’lib, bunda 45 nafar iqtidorli talabalar qatnashib kelmoqda.

Xodimlar

1. Doniyorov Bektosh Bahodirovich
Ma’lumoti: Oliy, Mutaxassisligi: To‘qimachilik materialshunosligi va mahsulot sifati nazorati
Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi
Ilmiy umvoni: yo’q
Lavozimi: “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi mudiri
Umumiy ish staji: 25 yil
Pedagogik staji: 14 yil
Telefoni: (97) 701-57-76
E-mail: bektosh.doniyorov@bk.ru
O’qituvchi haqida ma’lumot

2004 yil, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi” yo‘nalishini tugatib (kunduzgi) imtiyozli bakalavr diplomini olgan.

2006 yil, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “To‘qimachilik materialshunosligi va mahsulot sifati nazorati” yo‘nalishini tugatib (kunduzgi) magistr diplomini olgan.

2006 yildan 2012 yilgacha Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida kafedra assistenti, laboratoriya mudiri, mustaqil tadqiqotchi va fakultet dekan o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2013-2016 yillarda Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod transport kasb-hunar kolleji Kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2017-2018 yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Innovatsiya-integratsiya ilmiy tadqiqotlar markazi”da kichik ilmiy xodim vazifasida ishlash bilan birgalikda 2018 yil 30 may kuni 05.06.02-To‘qimachilik matolari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2018 yil 02 sentyabrdan boshlab Jizzax Politexnika instituti “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasida dotsenti, 2019 yil yanvar oyidan ushbu kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Shu kungacha tadqiqot ishi bo‘yicha 30 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop ettirgan. Jumladan, 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta foydali modelga patent, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 9 ta, 5 ta xalqaro va 20 dan ortiq respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida tezislar chop etilgan.

Olib borilgan nazariy va amaliy izlanishlar natijasida, paxta tolali iplarni to‘quvchilikka tayyorlash jarayonini takomillashtirish, ya’ni, arqoq iplari uchun ma’qul parametrlar ishlab chiqilgan, respublika to‘quvchilik korxonalari tandalash uskunalarida iplarni tezligini tadqiq etish asosida jarayon ketma-ketligini o‘zgartirish  ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan, arqoq iplarini to‘quvchilikka tayyorlashda ularning notekis qismlarini bartaraf etish chegarasini o‘zgartirish hisobiga chiqindi miqdorini kamaytirish va avtomat foydali vaqt koeffitsiyentini oshirish usullari hamda «ohorlab-tandalash» texnologiyasida kiruvchi va chiquvchi o‘rama uzunliklari orasidagi nomutanosiblikni kamaytirish hisobiga chiqindi miqdorining kamayishi va jarayonni uzluksiz ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.

O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot izlanishlari natijasida zamonaviy qayta o‘rash avtomatlari iplarning notekis qismlarini bartaraf etish qurilmasi uzish chegaralarining yangi ko‘rsatkichlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga qarashli “TASHTIB-TEX” qo‘shma korxonasida joriy qilingan. Natijada avtomatlarda sodir bo‘ladigan chiqindilar miqdori kamaytirilib, ularning ekspluatatsion muddatlari uzaytirilgan va byaz to‘qimasini ishlab chiqarish uchun ohorlab-tandalash texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga qarashli “IRODA GAZMOL BIZNES” to‘quvchilik korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan. Natijada mavjud texnologiyaga nisbatan chiqindilar miqdori 25 %ga kamayishi hamda zamonaviy to‘quv dastgohlariga sifatli xomashyo tayyorlash imkoni yaratilgan.

Malaka oshirish

1. O‘zbekiston Respublikasi Qayta tayyorlash Bosh ilmiy-metodik markazida 2019 yil 4 noyabrdan 30 noyabrgacha “Ta’lim tizimi menejmenti” nomli qayta tayyorlash kursida ta’lim olib, Ta’lim dasturini o‘zlashtirish asosida “Xomashyoni to‘quvchilikka tayyorlashning innovatsion texnologiyasi” mavzusida bitiruv ishini Attestatsiya komissiyasida ijobiy baxoga ximoya qilib, MA № 023642 sonli Malaka attestati olgan

O’qitadigan fanlari (So’nggi 3 yili ichida)

1. To‘qimachilik materialshunosligi (YeSBKI va T (to‘qima))

2. Xomashyoni to‘quvchilikka tayyorlash

3. Texnika texnologiya yangiliklari

4. To‘qimachilikda innovatsion texnologiyalar

Nashr ishlari

1. Doniyorov B.B., Alimboyev E.Sh. Zamonaviy to‘quv dastgohlariga sifatli tanda tayyorlash muammolari //J. To‘qimachilik muammolari. –2009. – №1. – B. 36-39. (05.00.00;№17).

2. Doniyorov B.B., Akbarov B.M., Alimboyev E.Sh. Guruhlab tandalashda iplarning harakat tezligi tahlili //J. To‘qimachilik muammolari. –2009. – № 3. – B. 35-38. (05.00.00;№17).

3. Doniyorov B.B. Turli korxonalarda qayta o‘ralgan paxta iplari sifatining qiyosiy tadqiqi //J. To‘qimachilik muammolari. –2009. – № 3. – B. 50-53. (05.00.00;№17).

4. Doniyorov B.B., Alimboyev E.Sh. Qayta o‘rash va tandalash jarayonlarining ip tukdorligiga ta’sirini tadqiqi //J. To‘qimachilik muammolari. –2010. – № 1. – B. 25-29. (05.00.00;№17).

5. Doniyorov B.B., Qosimov D.N., Alimboyev E.Sh. Xom ashyo tejamkor tanda tayyorlash texnologiyasi tahlili //J. To‘qimachilik muammolari. –2011. – № 2. – B. 27-32. (05.00.00;№17).

6. Doniyorov B.B., Murodov T.B., Alimboyev E.Sh. Qayta o‘rash mashina va avtomatlarida ip chiqindilarining qiyosiy tahlili //J. To‘qimachilik muammolari. –2011. – № 3. – B. 45-48. (05.00.00;№17).

7. Daniyarov B.B., Alimbayev E.Sh. Comparative research productivity equipment of various foundation technology // European Sciences review. Scientific journal. -2018. -№1-2. -P. 104-106. (05.00.00; №3).

8. Patent UZ №FAP 00887. Iplarni ko‘p marotabali cho‘zilish deformatsiyasi va yedirilishiga chidamliligini aniqlash asbobi // Doniyorov B.B. va boshqalar. // Rasmiy axborotnoma.–2012, -№7.

9. Doniyorov B.B., O‘tayev T., Alimboyev E.Sh., Matmusayev U.M. Qayta o‘rash mashinalarining ip hususiyatlariga ta’siri // Charm buyumlar dizayni va texnologiyasini rivojlantirish va takomillashtirish: Respublika ilmiy-amaliy anjumani. – Toshkent-2008 y, 2-qism, 206-208 b.

10. Doniyorov B.B., Alimboyev E.Sh. Enli matolar ishlab chiqarishda iplarni tandalash muammolari // Paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sanoati texnika va texnologiyalarining istiqbollari: Yosh olimlar va talabalarning Resp. ilmiy-amaliy konf. – Toshkent-2009 y. 104-105 b.

11. Doniyorov B.B., Alimboyev E.Sh. Iplarni qayta o‘rash jarayonlari tahliliga oid // Paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sanoati texnika va texnologiyalarining istiqbollari: Yosh olimlar va talabalarning Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Toshkent-2009. 105-106 b.

12. Doniyorov B.B., Alimboyev E.Sh. Zamonaviy to‘quv dastgohlariga tanda tayyorlashda chiqindilar miqdorini kamaytirishga oid. // Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda innovatsiyalarning roli: Respublika ilmiy-amaliy anjumani. – Namangan-2010 y. 101-103 b.

13. Doniyorov B.B., Alimboyev E.Sh. Tanda tayyorlash texnologiyalarining qiyosiy tahlili // To‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishda ilm-fan integratsiyalashuvini o‘rni va dolzarb muammolar yechimi: Xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman. – Marg‘ilon-2017 y. 342-347.

14. Daniyarov B.B., Israilova S.M., Alimbayev E.Sh. Сравнительные исследования подготовки основы // XIII Международная научно-практическая телеконференция «Advances in science and technology», Москва, 2018, С. 41-42.

15. Daniyarov B.B., Alimbayev E.Sh. Ткань с пониженной материалоемкостью // Опыт и практика эффективного применения ресурсов развития образования и науки для создания инновационного общества: Материалы Международной научно практической конф. – Т. – 2011. С. 121-124

16. Daniyarov B. Зависимость разрывной нагрузки пряжи различных видов от длины образца // Прочность конструкций сейсмодинамика зданий и сооружений: Материалы Международной научно-практической конференции. – Ташкент – 2016. С. 417-419.

17. Doniyorov B.B., Doniyorova M.A., Alimboyev Ye.Sh. Tanda iplarini to‘quvchilikka tayyorlashning innovatsion texnologiyasi., Monografiya., 2019 y.

18. Doniyorov B.B., Doniyorova M.A., Alimboyev E.SH. “Xom ashyoni to’quvchilikka tayorlash”., O’quv qo’llanma., 2020 y.

2. Gadayev Nuriddin Erdashevich
Ma’lumoti: Oliy, Mutaxassisligi: (To‘qimachilik va yengil sanoat maxsulotlari materialshunosligi yekspertizasi va sifat nazorati)
Ilmiy darajasi: yo’q
Ilmiy umvoni: yo’q
Lavozimi: “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi assistenti
Umumiy ish staji: 4 yil 6 oy 3 kun
Pedagogik staji: 3 yil 5 oy 3 kun
Telefoni: (93) 553-00-33
E-mail: nuriddin0033@mail.com
O’qituvchi haqida ma’lumot

2013 yil, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  instituti (To‘qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi va konstruksiyalash) yo‘nalishi tugatib (kunduzgi) bakalavr diplomini olgan.

2015 yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  instituti (To‘qimachilik va yengil sanoat maxsulotlari materialshunosligi yekspertizasi va sifat nazorati)  yo‘nalishini tugatib (kunduzgi) magistr doplomini olgan.

2016 yil 3-sentiyabrdan Jizzax politexnika instituti “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedarsi assistenti lavozimida ishlamoqda.

Shu kungacha tadqiqot ishi bo‘yicha 10 ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop ettirgan. Jumladan, 4 ta o‘quv qo‘lanma, 6 ta uslubiy ko‘rsatma, 2 chet el jurnallarida ilmiy maqola,4 ta tezis

Malaka oshirish

1. TT va YeSI xuzuridagi PK QT va MO tarmoq markazida 2018-yil, noyabr dekabr oylarida malaka oshirildi

O’qitadigan fanlari (So’nggi 3 yili ichida)

1. To‘qimachilik materialshunosligi

2. To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va jixozlari

3. Tarmoq kimyo materiallari

4. Tikuv buyumlari materialshunosligi

Nashr ishlari

1. Gadayev N.Ye. Interlok trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishi.Jizzax Politexnika Instituti //Respublika ilmiy-amaliy anjumani MATYeRIALLARI. JIZZAX-2017.

2. Gadayev N.Ye. Interlok trikotaj to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi. Jizzax Politexnika Instituti //Respublika ilmiy-amaliy anjumani MATYeRIALLARI. JIZZAX-2017.

3. Gadayev N.Ye. To‘qimachilik dastgoxlarisozlash kengligida tanda iplar tarangligini tajriba orqali tadqiq qilish.XOTIN QIZLARNING FAN,TA`LIM,MADANIYaT VA BIZNYeS SOXASIDAGI YuTUQLARI.Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. JIZZAX-

4. Gadayev N.Ye. Faol tajriba-sinov paytida regression bir omilli matematik modelni aniqlash uslubiyati.XOTIN QIZLARNING FAN,TA`LIM,MADANIYaT VA BIZNYeS SOXASIDAGI YuTUQLARI. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. JIZZAX-

5. Gadayev N.Ye. Turli zot duragay pillalarni texnologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi.TOShKYeNT TO‘QIMAChILIK VA YeNGIL SANOAT INSTITUTI. “FAN,TA’LIM VA IShLAB ChIQARISh INTYeGRASIYaLAShUVI ShAROITIDA INNOVASION TYeXNOLOGIYaLARNING DOLZARB MUAMMOLARI.TO‘QIMAChI- 2017” Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami.II-qism II-ShO‘BA TOShKYeNT- 2017.

6. Gadayev N.Ye. EFFEKT OF STORAGE AND DRYING ON COTTON FIBER SUPRAMOLECULAR STRUCTURES.//Europen Sciences review Scientific journal. № 1-2 2019 (January-February) Volume-1

7. Gadayev N.Ye.KINETICS OF CHANGE IN FIBER STRENGTH AT STORAGE AND PROCESSING OF RAW COTTON ON TECHNOLOGICAL TRANSFERS. .//Europen Sciences review Scientific journal. № 1-2 2019 (January-February) Volume-1.

3. Doniyorova Matluba Adashbayevna
Ma’lumoti: Oliy, Mutaxassisligi: To‘qima ishlab chiqarish texnologiyasi
Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi
Ilmiy umvoni: Dotsent
Lavozimi: “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi dotsenti
Umumiy ish staji: 21 yil
Pedagogik staji: 11 yil
Telefoni: (97) 701-14-47
E-mail: doniyorova1980@bk.ru
O’qituvchi haqida ma’lumot

2003 yil, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti “To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi” yo‘nalishini tugatib (kunduzgi) bakalavr diplomini olgan.

2005 yil, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti “To‘qima ishlab chiqarish texnologiyasi” yo‘nalishini tugatib (kunduzgi) magistr diplomini olgan.

2006-2008 yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti kunduzgi aspiranturasida tahsil olgan.

2009 yil 17 fevralda 05.19.03 “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2009 yil 28 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 155/1–sonli bayonnomasiga asosan  01 № 011311 nomerli texnika fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasini tasdiqlovchi diplom berildi.

2009-2012 yillarda Namangan muhandislik-texnologiya instituti “To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2013-2018 yillarda Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod transport kasb-hunar kooleji maxsus fan o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.

2018 yil 02 sentyabrdan boshlab Jizzax Politexnika instituti “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Shu kungacha tadqiqot ishi bo‘yicha 30 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop ettirgan. Jumladan, 2 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta, 4 ta xalqaro va 20 dan ortiq respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida tezislar chop etilgan.

Olib borilgan nazariy va amaliy izlanishlar natijasida, zamonaviy to‘quv dastgohlarida bo‘ylama yo‘lli naqshlarni ko‘ndalang yo‘lli naqshlar bilan almashtirishning afzalligi asoslangan, bo‘rtma naqshli to‘qimalar o‘rilishi tahlili asosida bosh va murakkab to‘qimalar o‘rilishlarini aralashtirib, yangi bo‘rtma naqshli to‘qima tarkibi yaratilgan, yangi tarkibli to‘qimalarning bo‘rtma qism o‘lchamlarini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan, to‘qima tuzilishini aniqlovchi omillarning bo‘rtma naqsh qalinligiga ta’sirini ifodalovchi matematik model yordamida bo‘rtish darajasi berilgan matolarni loyihalash tavsiya etilgan, yangi bo‘rtma naqshli to‘qima tarkibining o‘ziga xosligini hisobga olib, sirt zichligini nazariy aniqlash ifodasi ishlab chiqilgan, yangi o‘rilishni ipak-paxta aralash gazlamalariga tadbiq etib, qimmatbaho ipning to‘qima sirtiga chiqishini miqdor jihatidan ifodalovchi tarkib ko‘rsatkichi formulasi taklif etilgan.

O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot izlanishlari natijasida bo‘ylama yo‘lli naqshlarni ko‘ndalangiga ishlab chiqarishni to‘qima tuzilishi va uning ba’zi xossalariga ta’siri o‘rganilgan, yangi tarkibli to‘qima tuzilishi va ishlab chiqarish texnologik sharoitlarini ta’riflovchi kompleks ko‘rsatkichlar – tanda va arqoq iplarini qisqarishi va to‘qima sirt zichligi tadqiq etilgan, bo‘rtma naqshli to‘qimalarning yangi tarkibi yaratilib, uni to‘quv dastgohida  ishlab chiqarish uchun taxtlash ko‘rsatkichlari aniqlangan. Yangi o‘rilish turini ipak-paxta aralash gazlamalarga tadbiq etish ma’qulligi aniqlanib, qimmatbaho ipning to‘qima sirtiga chiqishini miqdor jihatidan ifodalovchi tarkib ko‘rsatkichini aniqlash formulasi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti va «Toshto‘qimachi» hissadorlik jamiyatida ishlab chiqarishga tadbiq etilgan.

Malaka oshirish

1. 2020 yil oktyabr oyiga rejalashtirilgan

O’qitadigan fanlari (So’nggi 3 yili ichida)

1. Texnologik jarayonlarni loyihalash (YeSBKI va T (to‘qima))

2. To‘qima tuzilish va loyihalash

3. Tadqiqot uslub va vositalari

4. To‘quvchilik texnologiyasi

Nashr ishlari

1. Aliyeva D.G., Muxammedov U.S., Sayfiyeva M.A. Параметр влияюший на строение ткани // «Инфотекстиль-2005» Внедрение информационно-коммуникационных технологий в текстильную и легкую промышленности: Матер. международ. науч. практ.конференции. Ташкент, 2005. –С. 267-269

2. Sayfiyeva M.A., Aliyeva D.G., Ergashev A. To‘qima tuzilishini loyihalash // NamDU Ilmiy axborotlar Namangan, 2005.- №2. –12-13 B.

3. Sayfiyeva M.A., Alimboyev E.Sh. Bozorgir gazlamalar ishlab chiqarish muammolari // To‘q. va yengil san. mahs.loyihalash jar.takomil-sh va kadr.tayyor.muammolari: Resp.ilm-amal.anjuman. –Buxoro, 2006.- 95-99 B.

4. Sayfiyeva M.A., Alimboyev E.Sh. Zamonaviy to‘quv dastgohlarining assortimentlik imkoniyatlariga oid // J. To‘qimachilik muammolari. –Toshkent, 2006.- №4. –50-54 B.

5. Sayfiyeva M.A., Yunusxodjayeva M.R. Bo‘rtma naqshli to‘qimalarning mustahkamlik ko‘rsatkichlari tadqiqoti // Olima ayollar. fan-texn. taraqqiyotida tutgan o‘rni: Ilm-amal. anj. –Toshkent, 2006. – 105-108 B.

6. Sayfiyeva M.A. Bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘l-yo‘l bo‘rtma naqshli to‘qimalarning qiyosiy tadqiqoti //J. To‘qimachilik muammolari.–Toshkent, 2007.- №3.–47-51B.

7. Sayfiyeva M.A., Alimboyev E.Sh., Abdullayev U.T. Bosh va murakkab to‘qimalar o‘rilishi asosida bo‘rtma naqshli gazlamalar ishlab chiqarishga oid // J. To‘qimachilik muammolari. –Toshkent, 2007.- №3. –56-59 B.

8. Aliyeva D.G., Sayfiyeva M.A., Abduraximov M.A. Halqa tukli gazlamalarning tadqiqoti // Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishda investitsiya va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari: Resp.ilm.-amal.konf. tez.to‘pl. Namangan, 2004. –124 B.

9. Ergashev B., Sayfiyeva M. To‘quvchilik jarayonlarida xom ashyodan samarali foydalanish // Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishda investitsiya va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari: Resp.ilm.-amal.konf. tez.to‘pl. Namangan, 2004. –127 B.

10. Aliyeva D., Alimboyev E.Sh., Sayfiyeva M. Mato pishiqligini noan’anaviy usulda baholash // Xo‘j. yurit. sub. iqt. salohiyat. oshir. inves. va zam. texn. samarali foydalanish yo‘llari: Resp.ilm.-amal.konf. tez.to‘pl. Namangan, 2004. –132 B.

11. Sayfiyeva M.A., Alimboyev E.Sh., Berdiyeva M.X. To‘qima o‘rilishini to‘qima pishiqligiga ta’sirini tadqiqi // Paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sanoatlari texnika va texnologiyalari dolzarb muammolari (To‘qimachilik-2006): Resp. ilm.-amal. konf. tezislari. –Toshkent, 2006. –102 B.

12. Sayfiyeva M.A., Alimboyev E.Sh., Abdullayev U.T. Murakkab to‘qimalar o‘rilishi asosida bo‘rtma (relef) naqshli ko‘ylakbop gazlamalar ishlab chiqarish// Paxta tozalash, to‘q., yengil va matbaa sanoat. texn. va tex-yalari dolz. muammolari (To‘qimachilik-2006): Resp. ilm.-amal. konf. tezislari. –T., 2006. –104 B.

13. Sayfiyeva M.A., Alimboyev E.Sh. Bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘lli matolarni taqqosiy tadqiqoti // Yosh olimlarning paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sohalari texnika va texnologiyalarini rivojidagi o‘rni Resp. ilm.-amal. konf. tezislari. 24-25 may 2007. –Toshkent, 2007. –101-102 B.

14. Alimboyeva D.S., Sayfiyeva M.A., Abdullayev U.T. Tarkibida bir sistema tanda iplari va bir necha sistema arqoq iplari bo‘lgan to‘qimalarning xossalarini tadqiqoti // Yosh olimlarning paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil va matbaa sohalari texnika va texnologiyalarini rivojidagi o‘rni 24-25 may 2007. –Toshkent, 2007. –82-83 B.

15. Doniyorova M.A., Pardayeva S., Xolboyev E.B. Bo‘rtma naqshli to‘qimalarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosligi. “Paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish texnika-texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” ilmiy – amaliy anjuman maqolalar to‘plami. TTYeSI, 12-13 dekabr 2018 y.

16. Doniyorova M.A., Ravshanova S.Sh.To‘qimalarni badiiy bezashda krep o‘rilishlaridan foydalanish “Paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish texnika-texnologiyalarni modernizatsiyalash sharoitida iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari” ilmiy – amaliy anjuman maqolalar to‘plami. TTYeSI, 12-13 dekabr 2018 y.

17. Doniyorova M.A., Pardayeva S., Ravshanova S. Murakkab to‘qimalar o‘rilishi asosida gazlamalarni badiiy bezash «Fan va ta’lim-tarbiyaning dolzarb masalalari», Resp.ilm-naz-y konf. materiallari, NukusDPI 27-28 mart, 2019 y.,- 58 B.

18. Doniyorova M.A., Shirova S., Saidova S. Ko‘ylakbop gazlamalar ishlab chiqarishda taxtlash ko‘rsatkichlari tahlili. “Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari”, ilmiy-texnik anjuman materiallari, JizPI 4-5 aprel, 2019 y., -78-80 B.

19. Doniyorova M.A., Yo‘ldoshev X. To‘qimalarga to‘quv usuli bilan badiiy bezak berish omillari. “Xotin-qizlarning fan, ta’lim, madaniyat va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi yutuqlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy kon-ya materiallari, JizPI 17-18 may 2019 y.- 158-161 B.

20. Doniyorova M.A., Pardayeva S. To‘qimalarda ko‘ndalang yo‘l-yo‘l naqshlarning bo‘rtish darajasini rejalashtirish. “Kimyo, qurilish materiallari hamda turdosh ishlab chiqarish sohalariga innovatsion texnika-texnologiyalarni joriy etishning dolzarb muammolari”, I-Xalqaro ilm-amal.konf. materiallari FarPI, 24-25 may 2019 y.- 348-351 B.

21. Doniyorova M.A., Qayumov A.A. To‘qimalar sirtida bo‘ylama yo‘lli naqshlarni shakllantirish tadqiqotlari. “To‘qimachilik iplarini chuqur qayta ishlashning innovatsion yechimlari”, Resp.miqyos.ilm.-texn.anj. materiallari O‘zTTITI, 18-19 oktyabr 2019 y.- 186-189 B.

22. Doniyorov B.B., Doniyorova M.A., Alimboyev Ye.Sh. Tanda iplarini to‘quvchilikka tayyorlashning innovatsion texnologiyasi., Monografiya., 2019 y.

23. Doniyorova M.A. “Yo‘l-yo‘l bo‘rtma naqshli to‘qimalar tuzilishini tadqiq qilish”., Monografiya., 2019 y.

24. Doniyorov B.B., Doniyorova M.A., Alimboyev E.SH. “Xom ashyoni to’quvchilikka tayyorlash”., O’quv qo’llanma., 2020 y.

4. Ismatova Maxsuda Mirzaqulovna
Ma’lumoti: Oliy, Mutaxassisligi: Muxandis-texnolog (Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish)
Ilmiy darajasi: yo’q
Ilmiy umvoni: yo’q
Lavozimi: “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi
Umumiy ish staji: 30 yil 6 oy 3 kun
Pedagogik staji: 11 yil 9 oy
Telefoni: (90) 538-91-76
E-mail: ismatova.maxsuda@mail.ru
O’qituvchi haqida ma’lumot

1989 yil, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  instituti Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish yo‘nalishi tugatib (kunduzgi) muxandis-texnolog mutaxassisligini olgan.

1989-2002 yillarda Jizzax ip yigiruv fabrikasida ishlagan.

2002-2008 yillarda Jizzax viloyati Forish tumani Navoiy nomli 4-o‘rta maktabda mexnat ta’limi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.

2008-2009 yillarda Jizzax politexnika instituti “Yengil sanoat maxsulotlar texnologiyasi” kafedrasi laboratoriya mudiri vazifasida  ishlagan.

2009-2014 yillarda  Jizzax politexnika instituti “Yengil sanoat maxsulotlar texnologiyasi” kafedrasi assisteti vazifasida  ishlagan.

2014 yil yanvar  oyidan xozirgi vaqtgacha Jizzax politexnika instituti “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda.

Shu kungacha tasdiqlangan ilmiy mavzu bo‘yicha bo‘yicha 8 ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop ettirgan. Jumladan, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 5 ta uslubiy ko‘rsatma, 6 chet el jurnallarida ilmiy maqola,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 3 ta, 3 ta xalqaro va 9 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida tezislar chop etilgan.

Malaka oshirish

1. 2019 yil mart-aprel  oylarida TTYeSI da malaka oshirdi

O’qitadigan fanlari (So’nggi 3 yili ichida)

1. Texnologik jarayonlarni loyixalash

2. Yigirish texnologiyasi

3. To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va jixozlari

Nashr ishlari

1. Ubaydullayeva, M.Ismatova. Исследование физико-механических             свойств сырья, полученного при различных условиях    первичной обработки хлопка.// “Молодой Ученый” халқаро илмий журнали, №1, (105), 2016, Техничеcкие науки 230-233 стр

2. E.Kazakova, M.M.Ismatova. Влияние технологических процессов на поврежденность и физико-механические свойства хлопкового волокна.// «Наука и Мир» Волгоград,. 4 (32), 2016, Том 1,  37-41 стр Impact factor of the journal «Science and world» – 0.325 (Global Impact Factor 2013, Australia)

3. A.Ochilov, M.M.Ismatova. Влияние условий хранения и сушки на надмолекулярную структуру волокон хлопчатника.// “Молодой учёный”. Международный научный журнал. Россия №20(154) / 2017г, Часть-I, 52-55 стр

4. A.Ochilov, M.M. Ismatova. Кинетика изменения прочности волокна при хранении и пераработке хлопка-сырца по технологическим переходам.// “Молодой учёный”. Международный научный журнал. Россия №20(154) / 2017г, Часть-I, 56-59 стр

5. A.Ochilov, M.M.Ismatova, Sh.F.Maxkamova. “Change of Mechanical Properties of the Yarns Depending on the Layer of Reiler” OF IJARSET, Volume 6, Issue 4, April 2019, ISSN: 2350-0328, Certificat No IJA60-404050, 8826-8831 bet

6. A.Ochilov, M.M.Ismatova, Sh.F.Maxkamova. “Change of Quantity of Weed Impurities and Qualities by Bunt Layers”. “Advances in Science and Technology” International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology OF IJARSET, Volume 6, Vol. 6, Issue 5, May 2019, ISSN: 2350-0328, Certificat No IJA60-404050, 9152-9154 bet

7. A.Ochilov, M.M.Ismatova. Влияние различной плотности прессования разних типов разборщиков бунтов на изменение пороков и содержание отходов хлопкового волокна «Дизайн и технологии» научный журнал № 69 (111) Москва РГУ им. А.Н. Косыгина 2019

8. A.Ochilov, M.M.Ismatova. Turli yigirish jaraѐni o‘timlari bo‘yicha xomaki mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi.// FAN-TYeXNIKA, TA’LIM VA TYeXNOLOGIYaLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA RIVOJLANISh TYeNDYeNSIYaLARI mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani materiallari to‘plami (2-qism) 2017 yil 14-15 aprel ,245-247 betlar

9. M.Ismatova, talaba Ch.Abduazimova. Paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uslublari.// “Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarnig dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani materiallari to‘plami (1-qism) 2018 yil 14 dekabr, 22-24 betlar Jizzax-2018

10. M.Ismatova Paxtani saqlash jarayonining tola sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri “Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarnig dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani materiallari to‘plami (1-qism) 2018 yil 14 dekabr, 24-26 betlar Jizzax-2018

11. M.Ismatova, talaba B.Ismoilov TTYeSI. Paxtani saqlash jarayonining tolaning nuqson va chiqindilardan tozalanish samaradorligiga ta’siri.// Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish  innovatsion texnologiyalari dolzarb  muammolari va ularning yechimi Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami  1-qism 1, 4, 5 – sho‘balar

12. A.Ochilov, M.M.Ismatova talaba O.Sodiqov, TTYeSI,Paxtani saqlash jarayonining paxtaning mayda va yirik iflosliklardan tozalanish samaradorligiga ta’siri.// Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalari dolzarb  muammolari va ularning yechimi //Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami. 2-qism 2, 3 – sho‘balar   16-17 may   Toshkent-2019 yil, 2-sho‘ba, 14-17 bet

13. M.Ismatova, T.A.Ochilov, talaba X.Umarov, TTYeSI, Paxta tolasining mexanik shikastlanishining g‘aram qatlamlari bo‘yicha o‘zgarishi.// Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, to‘qimachilik,  yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish  innovatsion texnologiyalari dolzarb  muammolari va ularning yechimi  Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami 1-qism   16-17 may, Toshkent-2019 yil,  2-sho‘ba, 9-11 bet

14. M.Ismatova Paxtani g‘aramda saqlash jarayonini yigiruv jarayoni mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri.// To‘qimachilik iplarini chuqur qayta ishlashning innovatsion yechimlari» (O‘ZTTITI 2019) respublika miqyosidagi ilmiy-texnikaviy anjuman materiallari to‘plami 18-19 oktyabr 2019 yil 54-57 bet

15. M.Ismatova – Изменение количества сорных примесей и пороков по слоям бунта.// Сollected Рapers XXV International Scientific-Practical conference «Advances in Science and Technology» PART I Research and Publishing Center «Actualnots.RF», Moscow, Russia December, 15, 2019 стр 110-113

 

5. Shamiyev Diyor Baxriddin o‘g‘li
Ma’lumoti: Oliy, Mutaxassisligi: To‘qimachilik maxsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi ( To‘qima )
Ilmiy darajasi: yo’q
Ilmiy umvoni: yo’q
Lavozimi: “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi assistenti
Umumiy ish staji: 5 oy
Pedagogik staji: 5 oy
Telefoni: (93) 546-86-89
E-mail: diyorbek0094@gmail.com
O’qituvchi haqida ma’lumot

2013-2017 yil, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti YeSBKIT yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomini olgan.

2017-2019 yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik maxsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi ( To‘qima )  yo‘nalishini tugatib (kunduzgi) magistr doplomini olgan.

2019 yil 3-sentiyabrdan Jizzax politexnika instituti “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedarsi assistenti lavozimida ishlagan.

Malaka oshirish

1. –

O’qitadigan fanlari (So’nggi 3 yili ichida)

1. To‘qimachilik materialshunosligi

2. Xomashyoni to‘quvchilikka tayyorlash

3. Texnika va texnologiya yangiliklari

Nashr ishlari

1. Shamiyev D,Baymuratov B.X, Akbarov R, Xoldorova U, “ Ekraniyushiye tkani ” “Advances in search and Technology” September, 15, 2019

2. Piltali to‘qimalar ishlab chiqarishda ularning fizik-mexanik hususiyati Boyuratov B.X. TTYeSI, D.Shamiyev JiZPI assistenti

6. Egamberdiyev Fazliddin Otaqulovich
Ma’lumoti: Oliy, Mutaxassisligi: (To‘qimachilik xom ashyolarini qayta ishlash texnologiyasi)
Ilmiy darajasi: yo’q
Ilmiy umvoni: yo’q
Lavozimi: “Yengil sanoat texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi
Umumiy ish staji: 5 yil 6 oy 16 kun
Pedagogik staji: 5 yil 6 oy 16 kun
Telefoni: (90) 516-44-89
E-mail: fazliddin.123456789@mail.ru
O’qituvchi haqida ma’lumot

2008-2012 yy. – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi

2012-2014 yy. – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistri

2014 -2017yy-Jizzax politexnika institutining “Yengil sanoat maxsulotlari texnologiyasi” kafedrasi assistenti

2017 -2019yy-Jizzax politexnika institutining “Ta’lim sifatini nazorat qilish”bolimi bosh mutaxasisi

2019 y.x.v “Yengil sanoat maxsulotlari texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Shu kungacha 10 ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop ettirgan. Jumladan 5 ta uslubiy ko‘rsatma, 3 chet el jurnallarida ilmiy maqola, 12 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida tezislar chop etilgan.

Malaka oshirish

1. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Pedogok kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazida 2019 yil nayabr oyida malaka oshirgan.

O’qitadigan fanlari (So’nggi 3 yili ichida)

1. To‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va jixozlari

2. Texnologik jarayonlarni loyixalash

3. Yigirish texnologiyasi

Nashr ishlari

1. O.Egamberdiyev K.J.Jumaniyazov, I.Z.Abbazov,. Paxtani mashinada terishning yigirishga ta’sirini o‘rganish // “To‘qimachilik iplarini chuqur qayta ishlashning inavatsion yechimlari” Respublika miqyosidagi ilmiy-texnikaviy anjuman matriallari to‘plami. Namangan 2019. –B.61-62

2. Egamberdiyev F.O, Matchonova N Yoshlarda ommaviy madaniyatning o‘ziga xosligi // “Xotin-qizlarning fan, ta’lim, madaniyat va biznes soxasidagi yutuqlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2017 yil 9-10 iyun 419-420-421 betlar

3. Egamberdiyev F.O, Matchonova N . Ona buyuk xilqat // “Xotin-qizlarning fan, ta’lim, madaniyat va biznes soxasidagi yutuqlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2017 yil 9-10 iyun 416-417-418 betlar

4. Egamberdiyev F.O, Muxametshina E Rol materi v vospitanii rebyonka. //“Xotin-qizlarning fan, ta’lim, madaniyat va biznes soxasidagi yutuqlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2017 yil 9-10 iyun 330-331-332 betlar

5. Egamberdiyev F.O, Matchonova N O‘zbekistonda suv muammosi. // JizPI Ilmiy-texnik anjuman 2017 yil 14-15 aprel 1-qism 379-381 betlar

6. Egamberdiyev F.O, Matchonova N Pnevmomexanik usulida  yigirilgan  ipning  tuzilishi  va sifatining o‘ziga xosligi. // JizPI Ilmiy-texnik anjuman 2017 yil 14-15 aprel 1-qism 300-302 betlar

7. Egamberdiyev F.O, Atanafasov Tolalar aralashmasining iplarning fizik-mexanik xossalariga ta’siri. // TTYeSI Respublika ilmiy-amaliy anjamuni maqolalar to‘plami II-qism 2017 yil 16-17 may 324-326 betlar

8. Egamberdiyev F.O, Sadikov F.S Chigitli paxtani tozalash jarayoni tadqiq etish. // JizPI Ilmiy-texnik anjuman 2017 yil 14-15 aprel 2-qism 27-28-29 betlar

9. Egamberdiyev F.O, Roximov I. Tarash mashinasi ish unumdorligining iplarning fizik-mexanik xossalariga ta’siri. // JizPI Ilmiy-texnik anjuman 2017 yil 14-15 aprel 1-qism 224-228 betlar

10. Egamberdiyev F.O Trikotaj to‘qishning tarixi // Termiz davlat universiteti respublika janubida transport-yo‘l kompleksini rivojlantirish istiqbollari, respublika ilmiy-texnik anjuman materiallari to‘plami 2017 yil 5 aprel 2-qism 40-41 betlar

7. Kazakova Dilafruz Erkinovna
Ma’lumoti: Oliy, Mutaxassisligi: Muxandis-texnolog
Ilmiy darajasi: PhD
Ilmiy umvoni: yo’q
Lavozimi: “TMQI” kafedrasi katta o’qituvchisi
Umumiy ish staji: 25 yil
Pedagogik staji: 8 kun
Telefoni: (91) 594 53 58
E-mail: Kazakova_dilafruz@mail.ru
O’qituvchi haqida ma’lumot

1992 yil Toshkеnt toqimachilik va yеngil sanoat instituti Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish ixtisosligini tugatib muxandis-texnolo diplomini olgan

2004-2005 yy. –Jizzax Yengil sanoat kasb-hunar kollеjida o’qituvchi

2005-2006 yy. –Ochiq turdagi Uchtеpa paxta tozalash aktsionеrlik jamiyatida еtakchi mutaxassis

2013-2020 yy. – Jizzax politеxnika institutining “Yengil sanoat mahsulotlari tеxnologiyasi”

kafеdrasi assistеnti

2020 yil 3 sentyabrdan boshlab Jizzax politexnika instituti “Yengil sanoat mahsulotlari tеxnologiyasi” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi “Iqtisodiyot va menejment” fani bo’yicha elektron o’quv qo’llanma. №.DGU 06366 son GUVOHNOMA  O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi intellectual mulk  agentligidan ro’yxatdan o’tkazilgan

Malaka oshirish

1. 2019 yil noyabr oyida TTESI  huzuridagi markazda 288 soatga mo’ljallangan dastur bo’yicha malaka oshirgan va MA № 020267 raqamli sertifikatga ega bo’lgan.

O’qitadigan fanlari (So’nggi 3 yili ichida)

1. Xom ashyoni yigirishga tayyorlash

2. Ikkilamchi iplar texnologiyasi

3. Yigirish texnologiyasi

Nashr ishlari

1.

8. Yo’doshev Xurshid Xazratqulovich
Ma’lumoti: Oliy, Mutaxassisligi: To’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
Ilmiy darajasi: yo’q
Ilmiy umvoni: yo’q
Lavozimi: “TMQI” kafedrasi assistenti
Umumiy ish staji: 5 yil
Pedagogik staji: 3 kun
Telefoni: (91) 944 22 29
E-mail: Xurshid-olimjon@mail.ru
O’qituvchi haqida ma’lumot

2008-2012 yil Andijon mashinasozlik institutni  to’qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi ixtisosligini tugatgan.

2013-2015 yil Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutni magistranti

2015-2016 yil “UZ-TEX  Global” МCHJ qo’shma korxonasida sifat nazoratchisi

2017 yil 1 fevraldan  boshlab Jizzax politexnika instituti “To’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasida assistent o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Malaka oshirish

1. 2017 yilning mart – aprel oylari davomida TTYSI huzuridagi markazda 288 soatga mo’ljallangan dastur bo’yicha malaka oshirgan va MA № 015817 raqamli sertifikatga ega bo’lgan.

O’qitadigan fanlari (So’nggi 3 yili ichida)

1. To’quvchilik texnologiyasi

2. To’qima tuzilishi va loyhalash

3. To’qimachilik korxonalar texnik nazorati

Nashr ishlari

1. X.X. Yo’ldoshev, I.Z.Abbazov, R.M. Muradov Paxta separatorida tola yo’qolishiga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari tahlili. Farg’ona Politexnika institute. Ilmiy texnika jurnali (Farg’ona 2020 2-sonli)

2. A.A Qo’shimov., X.X. Yo’ldoshev., E.T. Muxametshina. Pnivmatransport qurilmasini ta’sir radiusini oshirish. Jizzax Politexnika Inistituti. Zamonaviy tadqiqotlar cva innavatsialar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muammolari va rivijlantirish tendinsiyalari (Jizzax 2020 10-11 aprel)

3. X.X. Yo’ldoshev I.Z. Abbazov  Tola tozalagichdan ajragan chiqindilar tarkibidagi tola miqdorini aniqlash usuli. Intirnational scientific practical conference Nur Sultan (Astana) Kazakhstan 2020

9. Xolboyev Elyor Baxromjonovich
Ma’lumoti: Oliy, Mutaxassisligi: Muxandis-texnolog
Ilmiy darajasi: yo’q
Ilmiy umvoni: yo’q
Lavozimi: “TMQI” kafedrasi assistenti
Umumiy ish staji: 5 yil
Pedagogik staji: 3 kun
Telefoni: (97) 771 40 21
E-mail: Xolboyev_elyor@bk.ru
O’qituvchi haqida ma’lumot

2013 yil Toshkеnt toqimachilik va yеngil sanoat instituti To’qimachilik matolari texnologiyasi ixtisosligini tugatib bakalavr diplomini olgan

2015 yil Toshkеnt toqimachilik va yеngil sanoat instituti To’qimachilik matolari texnologiyasi ixtisosligini tugatib magistor diplomini olgan

2015-2016 yy. –Dashtobod transport kasb-hunar kollеjida o’qituvchi

2016-2017 yy. –Dashtobod paxta tozalash ochiq aksiyadorlik jamiyati mavsumiy barg kesuvchi

2017-2020 yy. – Jizzax politеxnika institutining “Yengil sanoat mahsulotlari tеxnologiyasi” kafеdrasi assistеnti.

Malaka oshirish

1. 2019 yil noyabr oyida TTESI  huzuridagi markazda 288 soatga mo’ljallangan dastur bo’yicha malaka oshirgan va МА № 015878 raqamli sertifikatga ega bo’lgan.

O’qitadigan fanlari (So’nggi 3 yili ichida)

1. Xom ashyoni to’quvchilikga tayyorlash

2. To’qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va jixozlari

3. Kasb maxorati va injinerlik ish yuritish

Nashr ishlari

1.Холбоев.Э С.ПардаеваМ.А.Дониёрова Бўртма нақшли тўқималарни ишлаб чиқаришнинг ўзига хослигиПахта тозалаш, тўқмачилик, енгил саноат, матбаа ишлаб чиқариш техника технологияларини модернизациялаш шароитида иқтидорли ёшларнинг инновацион ғоялари ва ишланмалари.// Илмий амалий анжуман материаллари Тошкент,2018 2-қисм 96-99 б
2. Холбоев.Э А.Қаюмов Б.Б.Дониёров Танда иплар сонига охорлаш жараёнининг ахамияти Фаол инвиститсия ва ижтимоий ривожланиш йилига бағишланган Фан ва таълим-тарбиянинг долзарб масалалари.// Республика илмий-назарий анжуман материаллари. Нукус 2019 йил 4-бўлим 53-54б
3. Холбоев.Э Ханхаджаева Н. Р. Холхужаева М Параметры прессовых переплетений с мелкораппортным узором Advances in Science and echnology// Moscow 2019. 81-83с
4. Холбоев.Э З.А. Азимова, Н.Р. Ханхаджаева Additional element’s effect of knit structure on the technological parameters of knit fabrics акад.Х.Х.Усмонхужаевнинг 100 йиллигига багишланган ТТЕСИ «Машинашуносликнинг долзарб муаммолари ва уларнинг ечими»// Респ.илмий амалий анжумани материаллари ТТЕСИ Ташкент,2019 UDK 677.025
5. Холбоев.Э Азимова Н., Азимова З Исследование основных физико-механических свойств мелкораппортных узорных прессовых переплетений «Тўкимачилик ипларини чукур кайта ишлашнинг инновацион ечимлари»// Респ.илмий-техникавий анжуман материаллари.Узб.табиий толалар ИТИ Маргилон 2019.
6. Холбоев.Э А.Г Набиев., Н.Р Ханхаджаева., Қ.М Холиқов Халқаларни кўчириш орқали нақшли аралаш трикотаж тўқима тузулишларини яратиш Наманган мухандислик-технология институти илмий-техника журнали// Пахтани дастлабки ишлаш, тўқимачилик ва енгил саноат ТОМ4-Махсус сон №1 2019

7. Холбоев.Э Б.Х.Боймуродов Д.Б.Шамиев Д.Х.Обидов Хавсизлик тасмалари учун мўлжалланган пилтали тўқиманинг физик-механик хоссаларини тадқиқ қилиш Наманган мухандислик-технология институти илмий-техника журнали// Пахтани дастлабки ишлаш, тўқимачилик ва енгил саноат ТОМ4-Махсус сон №33 2019

8. Холбоев.Э.Б Э.Ш.Алимбоев Б.Б.Дониёров Д.Қосимов Охорлаш агрегатини автоматлаштириш асосида янги тизимли тўқув корхоналар ташкил етиш. Наманган мухандислик-технология институти илмий-техника журнали// Пахтани дастлабки ишлаш, тўқимачилик ва енгил саноат ТОМ4-Махсус сон №33 2019

9. Холбоев.Э.Б Д.Шамиев Б.Рузматов Д.Обидов Пахтани қайта ишлаш жараёнида чиқаётган чанг хавони тозалаш. Наманган мухандислик-технология институти илмий-техника журнали// Пахтани дастлабки ишлаш, тўқимачилик ва енгил саноат ТОМ4-Махсус сон №33 2019

Maqolalar

Oripov Dadajon

 

 

Dadajon.pdf yuklab olish

 

Gulboyev Ulug’bek

 

 

Gulboyev.pdf yuklab olish

 

Jabborov Uralbek

 

 

Jabborov.pdf  yuklab olish

 

Razzoqov Jafar

 

 

Razzoqov J.pdf yuklab olish