O’zbekiston yoshlar ittifoqi

O’zbekiston yoshlar ittifoqi

 

 

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax politexnika instituti boshlang’ich tashkiloti raisi
Meyliev Bobir Abdulla o‘g‘li
Tel.: +99899  555 73 93
E-mail: dgpi_info@edu.uz

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax politexnika institutidagi boshlang‘ich tashkilot to‘g‘risida

Boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari

1. Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi talim muassasasida yoshlarning talim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishiga ko‘maklashish, yoshlarning xuquqi va manfatlarini  himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib etishishiga munosib xissa qo‘shishdan iborat.
2. Boshlang‘ich tashkilot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
– yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;
-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik xuquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va xuquqiy islohotlarning  mazmun-mohiyatini tushuntirish;
-oliy talim muassasasi yoshlarning muammolari, talim sifati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, davomati,  darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish, yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etishda ko‘maklashish;
– yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
-istedodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish,  intellektual va ijodiy qobiliyatlarni  rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;
-imkoniyati cheklangan hamda maxsus extiyojli yoshlarning inqlyuziv ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash;
-notinch oila farzandlari, tarbiyasi og‘ir va nosog‘lom  muhitga tushib qolgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi xamda darslarni muntazam qoldirib kelayotgan talabalarni  talim jarayoniga ko‘tarish, qizlar o‘rtasida erta nikohlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borish;
-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan xuquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning  kitobga bo‘lgan muxabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
-yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli ishlar, axborot xurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
-oliy talim muassasasi yoshlar o‘rtasida yoshlar tizimini  rivojlantirish, ularning o‘zlari yashayotgan xududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshoatlarga tashrifini uyushtirish;
-yoshlar, ayniqsa, qiz bolalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-kuvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;
-yoshlarga tibbiy  madaniyat, xususan, kasalliklardan ximoyalanish yo‘llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirini tashkil etish;
-yoshlar o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni  targ‘ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

Boshlang‘ich tashkilotning xuquq va majburiyatlari

3. Boshlang‘ich tashkilotning xuquqlari quyidagilardan iborat:
-oliy talim muassasasi yoshlarning xuquqi va manfaatlarini ximoya qilishga qaratilgan o‘quv, tarbiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etish, masul xodimlar va o‘qituvchilardan zarur malumotlarni olish hamda nazorat qilish;
-oliy talim muassasasidagi darslar sifati, o‘qituvchilar saviyasi va talabalar bilan munosabati, shuningdek, kutubxona, sport ob’ektlari faoliyatini o‘rganish, reydlar, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
-oliy talim muassasalaridagi sharoitlardan to‘la foydalanish, yoshlar ishtirokida to‘garaklar, klublar tashkil etish, ish rejadagi chora-tadbirlarni oliy talim muassasasi tomonidan moliyalashtirilishini talab etish;
-oliy talim muassasi yoshlarining muammolari, taklif-tashabbuslari yuzasidan oliy talim muassasi rektori va yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;
-nizomda belgilangan tartibda oliy talim muassasasida qo‘shimcha tuzilmalarni tashkil etish;
-faoliyatga doir ma’lumotlarni tarqatish va targ‘ib etish.
Boshlang‘ich tashkilot tegishli  normativ-xuquqiy xujjatlarda nazarda tutilgan boshqa xuquqlardan xam foydalanishi mumkin.
4. Boshlang‘ich tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, YOshlar ittifoqi xamda oliy talim muassasasi tomonidan qabul qilingan normativ-xuquqiy xujjatlar doirasida faoliyat yuritish, ularda belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish;
-YOshlar ittifoqining maxalliy xududiy va respublika kengashlari oliy talim muassasasi kengash xamda raxbariyatlarni tegishli topshiriqlari va ko‘rsatmalari bajarish;
-YOshlar ittifoqining maxalliy kengashi xamda oliy talim muassasasi rahbariga o‘z faoliyati to‘g‘risida xisobotlarni o‘rnatilgan tartibda  taqdim etib borish;
-Boshlang‘ich tashkilot uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish;
-oliy talim muassasasining o‘quv, tarbiya va boshqa ishlariga ko‘maklashish.

Jizzax politexnika instituti Avtotransport fakulteti etakchisi
Uzoqov Maqsud Aliqul o’g’li
Tel.: +99894 690 28 78
E-mail: dgpi_info@edu.uz
Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti etakchisi
Xudoyberdiyeva Latofat Abdimomin qizi
Tel.: +99899 557 77 49
E-mail: dgpi_info@edu.uz
Jizzax politexnika instituti Arxitektura va qurilish fakul’teti etakchisi
Xolboyev Sanjarbek Olimjon o’g’li
Tel.: +99891  592 87 78
E-mail: dgpi_info@edu.uz
Jizzax politexnika instituti Elektromexanika va radioelektronika fakulteti etakchisi
Shermamatov Sirojiddin Xaydarovich
Tel.: +99899 554 16 69
E-mail: dgpi_info@edu.uz
Jizzax politexnika instituti Servis fakulteti etakchisi
Qurbonov Xayrulla Tilovboy o’g’li
Tel.: +99899  555 73 93
E-mail: dgpi_info@edu.uz