Vice-rector for international cooperation

  • Bosh sahifa
  • -
  • Vice-rector for international cooperation

Vice-rector for international cooperation

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor
Texnika fanlari doktori, dotsent. Abdunazarov Jamshid Nurmuxamatovich
Qabul kunlari : Chorshanba  14:00 – 16:00
Telefon: +998-72-226-57-03
e-mail: jamshid1986_86@list.ru

Jizzax politexnika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Abdunazarov Jamshid Nurmuhamatovich 1986 yil 21 fevral kuni Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tavallud topgan.

Mehnat faoliyati:

2005-2009 yy. – Jizzax politexnika instituti talabasi.

2009-2011 yy. – Toshkent avtomobil yo‘llari instituti magistranti.

2010-2011 yy. – Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi UzMEDInfo markazi o‘qituvchisi.

2011-2012 yy. – Jizzax politexnika instituti va transport vositalarini ishlatish kafedrasi assistenti.

2012-2014 yy. – Moskva avtomobil – yo‘llar davlat texnika universiteti Avtomobil-yo‘llarini loyihalash kafedrasi kichik ilmiy xodimi.

2012-2015 yy. – Moskva avtomobil-yo‘llar davlat texnika universiteti aspiranturasi aspiranti.

2015-2016 yy – Jizzax politexnika instituti Yer usti transport tizimi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2016-2020 yy – Jizzax politexnika instituti Yer usti transport tizimlari kafedrasi dotsenti.

2018-2022 yy – Jizzax politexnika instituti “Ilmiy tadqiqot, innovatsiya va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash” bo‘limi boshlig‘i.

2020 y.-h.v. – Jizzax politexnika instituti “Transport logistikasi” kafedrasi dotsenti.

2022 y. – h.v. – Jizzax politexnika instituti “Xalqaro hamkorlik bo‘yicha” prorektori.

 

Abdunazarov Jamhid Nurmuhamatovich – texnika fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya mavzusi: “Shahar yo‘llari harakati xavfsizligini ta’minlashning uslubiy asoslari”. Hozirgi kunga qadar dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 25 ta ilmiy ish chop etilgan. Shulardan, 9 ta xorijiy jurnallar, 6 tasi Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan va OAK ro‘yhatidagi 9 jurnallarda chop etilgan. Hirsh indeksi 8 ga teng. 7 ta xalqaro va 10 ta Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokama qilingan.

2009 yilda Jizzax Politexnika Instituti imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

2011 yilda Toshkent avtombil-yo‘llar instituti magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

2015 yil Moskva avtomobil-yo‘llar davlat texnika universiteti aspirantura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.

2015 yil Moskva avtomobil-yo‘llar davlat texnika universitetida 23.05.11 – “Yoʻllar, metrolar, aerodromlar, koʻpriklar va transport tunnellarini loyihalash va qurish” ixtisosligi boʻyicha “Magistral yoʻllarning geometrik elementlarini loyihalashda avtotransport vositalarini loyihalash parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilgan.

2019 yil 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKning 28.02.2019 yildagi 262/1 – bayonnomasiga asosan dotsent unvoni berilgan.

2015-2022-yillar davomida 3 ta mahalliy xoʻjalik shartnomasiga va 1 ta xalqaro xoʻjalik shartnomasiga (0,5 mlrd. investitsiya qilingan) ilmiy rahbar hamda 3 ta xalqaro loyihalarning asosiy ijrochisi bo‘lgan bo‘lsa, 1 ta davlat ilmiy-amaliy loyihasida ijrochi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan.

Jamshid Abdunazarov Portugaliyaning Kashtelio-Branko universiteti, Hindistonning Hindiston yerni masofadan zondlash instituti, Polshaning Gdansk texnologik universiteti, Slovakiyaning Jilina universiteti, Avstriyaning Klagenfurt universiteti va Amerikaning Viskonzin universiteti OTMlarida stajirovka o‘tagan.

2007 yil “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.

2008 yilda “Iqtidorli talabalar stipendiyasi” sohibi.

2009 yilda “Kelajak ovozi” tanlovining “Innovatsion takliflar va texnik ishlanmalar” yo‘nalishida Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan.

2016 yilda “Yilning eng faol mutahassisi” tanlovining “Eng faol yosh olim” nominatsiyasining Respublika bosqichida 1 o‘rinni egallagan. Hamda Yosh mutahassislar IV Respublika forumida ishtirok etib, granpri sohibi bo‘lgan.

2016 yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘lgan.

2008 yilda Yevropa Ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan Tempusning “CAD/CAM/CAE” loyihasi ishtirokchisi bo‘lgan.

2012 yilda “Rossiya federatsiyasida aspiranturada tahsil olish” granti g‘olibi bo‘lgan.

2012 yilda “Muhandis-pedagog” xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan.

2015 yil, Tempus dasturlarining “HIGHVEC” loyihasi ishtirokchisi.

2016 yil ITEC dasturi g‘olibi.

2017 yildan Erasmus+ dasturlarining INTRAS loyihasi ishtirokchisi.

2021 yilda AQSh xalqaro ta’lim kengasining FEP dasturi g‘olibi.