...

20 Dek

RASMIY MUNOSABAT

Bugun, 20-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Dekanat holatni tushunish o‘rniga talabalarni haydash bilan qo‘rqitmoqda» sarlavhasi ostida murojaat aks etgan xabar tarqatildi.

Xabarda Jizzax politexnika institutida xonalar sovib ketgani va dekanat holatni tushunish o‘rniga, talabalarga «NB» qo‘yib haydash bilan qo‘rqitayotgani 2-kurs talabasi tomonidan ta’kidlangan.

Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Birinchidan, dekabr oyining dastlabki kunlarida respublikamizga anomal sovuq havo kirib kelishi va gaz bosimining keskin pasayib ketishi oqibatida hududlarda va tashkilotlarning isitish tizimida ma’lum muammolarni keltirib chiqardi. Jizzax politexnika institutida ham kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilganiga qaramay, isitish tizimida biroz muammolar yuzaga keldi. Ammo ushbu holat zudlik bilan bartaraf etilib, barcha auditoriyalarda me’yoriy xona harorati ta’minlandi.

Ikkinchidan, Hukumatning 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga ko‘ra, talabalar bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli o‘qishdan chetlatilishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, 1-2 kun darsga kelaolmagan talabani haydash bilan qo‘rqitish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Shu o‘rinda, xodimlar tomonidan talabaga nisbatan biron bir nohaqlikka yo‘l qo‘yilganda, institut rahbariyatiga murojaat qilishlari zarur ekanligini eslatib o’tamiz.