Jizzax politexnika institutida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning “Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” bo’yicha qilinadigan ishlar rejasiga muvofiq, joriy yilning 10-may kuni Jizzax shahridagi “O’rda” ekologik bog’ida institut talabalari o’rtasida 5000 metr masofaga velomarofon o’tkazildi.
Unda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S. Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i B. Rashidova, institut xotin-qizlar kengashi raisi B. Tursunova, institut murabbiylar kengashi raisi M. Xolbekova hamda fakultetlar yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rify ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari va talabalar ishtirok etdi.