O‘zbekiston sport faxriylari kengashi tomonidan bir qator sport fidoyilariga «O‘zbekiston sport faxriysi» ko‘krak nishoni topshirildi.
Ular orasida Jizzax politexnika instituti "Jismoniy tarbiya" kafedrasining faxriy professor-oʻqituvchilari Xodjimatov Valijon Meliqoʻziyevich va Yusupov Qosim Yasinovichlar ham bor.
Ustozlarimizni «O‘zbekiston sport faxriysi» ko‘krak nishoni sohibi boʻlganliklari bilan samimiy qutlab, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!