Jizzax politexnika institutida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizmini yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi” doirasida "Jismoniy tarbiya" kafedrasi hamda institut qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlikda “Chempionlar bilan uchrashuv” tadbiri o’tkazildi.
Tadbirga Xalqaro toifadagi sport ustasi, 6 karra O'zbekiston chempioni, Osiyo chempioni va Jahon chempioni Jahongir Zokirov va 2 karra O'zbekiston chempioni, 2019- yil Osiyo chempionati sovrindori, 2021-yil Polshada bo'lib o'tgan Jahon chempionati Bronza medali sohibasi Hadichabonu Abdullayeva tashrif buyurdilar.
Tadbirda qiziqarli tarzda tashkil etildi va talabalar hamda o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Eslatib o'tamiz, Polshaning Kelse shahrida 13—23 aprel kunlari boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida O‘zbekistonlik yosh bokschilar 10 ta medalga ega chiqdi. Unda O‘zbekiston qizlar va yigitlar terma jamoasi 18 nafar bokschi bilan (10 nafar o‘g‘il bola, 8 nafar qiz) ishtirok etdi. Ishtirokchilar tarkibidagi Jahongir Zokirov armanistonlik Ovanes Papazyan bilan to‘qnash kelib, uchinchi raundda raqibini nokautga uchratdi va chempionga aylandi. Undan oldinroq esa qizlar o‘rtasidagi bahslar yakunlangani va ushbu toifada Hadichabonu Abdullayeva bronza medalini taqdim etgani xabar qilingandi. Institut matbuot xizmati