Hello

Qozon federal universiteti Naberenjnochelninskiy instituti muhandislik markazida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari …

Joriy yilning 23-iyun kuni Qozon federal universiteti Naberenjnochelninskiy instituti muhandislik markazida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari A.Usmankulov(Jizzax politexnika instituti), N.Barakayev(Buxoro muhandislik-texnologiya instituti) va Sh.Ergashev(Namangan muhandislik-qurilish instituti)larning institut kengashi aʼzolari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv kun tartibidan quyidagi dolzarb masalalar o’rin oldi:

– 2022/2023-oʻquv yili uchun talabalar qabuli rejasini belgilab olish;

– Qoʻshma taʼlim dasturi doirasida qilingan ishlarning 1-bosqich yakunlari muhokamasi;

– Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi rejalar kelishuvi;

Ayni o’rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab Jizzax politexnika institutining qoʻshma taʼlim dasturi doirasida tahsil olayotgan 33 nafar talabalar oʻqishini Qozon federal universiteti Naberenjnochelninskiy institutida davom ettiradi.

Kunning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Naberenjnochelninskiyda joylashgan «KAMAZ» avtomobili zavodiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida zavoddagi imkoniyatlar,sharoitlar, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ma’lumot uchun, zavod 1976-yil 16-fevralda birinchi «KAMAZ» yuk avtomobilini ishlab chiqargan boʻlib, bu yil zavodning 46 yoshi nishonlandi.

KAMAZ kompaniyalar guruhi Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik avtomobil korporatsiyasi hisoblanadi. 2020-yil yakunlari bo’yicha og’ir yuk avtomobillarini ishlab chiqaruvchi 20 ta jahonning yetakchi kompaniyalari qatoriga kiritilgan, yalpi og’irligi 16 tonnadan ortiq og’ir yuk avtomobillarini ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 14-o’rinni egallaydi.

Ishlab chiqarish quvvati yiliga 71 ming avtomobil hisoblanadi. Korxonaning butun faoliyati davomida konveyerdan 2,3 millionga yaqin avtomobil chiqarilgan.