Joriy yilning 9-aprel kuni “Kimyoviy texnologiya” fakulteti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi tomonidan “Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Jizzax harbiy gornizoni boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mamajonov Ziyodbek Raximovich, Jizzax harbiy prokurorining yordamchisi adliya katta leytenanti Sharipov Akramjon Qurbonovich, Jizzax harbiy gornizoni harbiy psixologi Zohid Asqarxo‘jayev, Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kapitan Odiljon Turg‘unboyev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B. Rashidovalar ishtirok etdilar. Tadbirda “Amir Temur ilm-fan va madaniyat homiysi” mavzusida B. Rashidova, “Amir Temur - harbiy sarkarda” mavzusida Z. Mamajonov, “Amir Temur-markazlashgan davlat asoschisi” mavzusida A. Sharipovlar so‘zga chiqdilar. Ular talabalarga Sohibqiron Amir Temurning dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirgani, sho‘rolar davrida qoralanib kelingani, mustaqillika erishganimizdan so‘ng esa adolat tiklanib, uning nomi oqlangani, davlat va xalq uchun qilgan xizmatlari, qurdirgan bog‘lariyu, saroylari, dunyo ilmiga qo‘shgan hissasi, uning ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lganligi, Amir Temur va temuriylar davrida ayollarga bo‘lgan munosabat, bunyodkorlik sohasiga qo‘shgan hissasi, chet ellar bilan olib borgan diplomatik aloqalari haqida ma’lumotlar berdilar. Tadbirning badiiy qismida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B. Rashidova mavzuga doir o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi. Talabalar tomonidan tayyorlanib, ijro etilgan she’r, qo‘shiq va raqslar barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Jamoat ishlarida va tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalarning bir guruhi tashkilotchilar tomonidan moddiy va ma’naviy taqdirlandilar. Tadbir so‘nggida mavzuga doir “Buyuk Sohibqiron” nomli videorolik namoyish etildi.