Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga e‘tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san‘at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish bo’yicha 5 muhim tashabbusning 4-bandi ijrosi doirasida Jizzax politexnika instituti axborot-resurs markazi hamda “Arxitektura va qurilish” fakulteti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi hamkorligida kafedraga qarashli guruhlar talabalari o’rtasida “Zukko kitobxonlar” tanlovining kafedra bosqichi o’tkazildi. Tanlov natijalariga ko’ra 1-o’rinni 202-20(Bino va inshootlar qurilishi), 2-o’rinni 231-20 (Arxitektura), 3-o’rinni 232-20 (Arxitektura) guruhlari egallab, tanlovning fakultet bosqichi uchun yo’llanmani qo’lga kiritishdi.