Rektorat

Usmankulov Alisher Kadirkulovich

Jizzax politexnika instituti rektori

Usmankulov Alisher Kadirkulovich

Qabul vaqti: Juma 15:00 – 17:00

Telefon: +998722264605

E-mail: usmankulov1968y@mail.ru

Usmankulov Alisher Kadirkulovich 2016-yilning 28-sentabridan Jizzax politexnika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda. Texnika fanlari doktori, professor. Umumiy mehnat faoliyati 26 yil. Usmankulov Alisher Kadirkulovich 1985-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining "Paxtani dastlabki ishlash" ixtisosligi bo‘yicha o‘qishga kirib, 1992-yilda shu institutni imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1986-1988-yillari armiya safida xizmat qildi. 1992-yildan boshlangan pedagogik faoliyati davomida TTYSI "Paxtani dastlabki ishlash" kafedrasida laboratoriya mudiri, assistent va dotsent lavozimlarida ishladi. 1999-2002-yillari TTYSI "Paxta sanoati texnologiyasi va mexanika" fakultetining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini, 2002-2006-yillari TTYSI marketing bo‘limi boshlig‘i, 2007-2008-yillari TTYSI "Paxtani dastlabki ishlash" kafedrasi mudiri, 2008-yildan TTYSI "Paxta sanoati texnologiyasi" fakulteti dekani va 2016-yilning 4-aprelidan 28-sentyabrigacha TTYSI moliya va iqtisod ishlari prorektori lavozimida ishlab keldi. 2002-yili "Повышение эффективности процесса сушки хлопка-сырца в барабанной сушилке" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2016-yilning 26-noyabrida "Создание высокопроизводительной хлопко-сушильной установки и технологии на основе интенсификации тепло- массообменных процессов" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. A.Usmankulovning 130 dan ortiq ilmiy ishlari xalqaro va mamlakatimiz ilmiy jurnallarida chop etildi va 15 dan ortiq patent va ixtirolar sohibi, 3 ta monografiya va 2 ta darslik muallifidir. Uning rahbarligida 14 nafar magistr va 100 ga yaqin bakalavrlar tayyorlangan. 2013-yil 14-27-avgust kunlari Chexiya Respublikasi Praga shahridagi "Высшей школой экономика и менежмента (VSEM)" institutida o‘tkazilgan "Ta'lim muassasalarida ilmiy ishlarni tashkil etish" mavzusidagi Xalqaro seminarda ishtirok etdi. Ilmiy tadqiqot yo‘nalishida oxirgi 10 yil davomida davlat tomonidan e'lon qilingan 3 ta amaliy, 3 ta innovatsion, 1 ta fundamental grant loyihalarda ilmiy rahbar bo‘lgan