13-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Jizzax politexnika institutida bo‘lib, institutning muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida vazir o‘rinbosariga instituti rektori Alisher Usmankulov, prorektorlar, dekan va kafedra mudirlari hamrohlik qildi. Vazir o‘rinbosari institutda yangidan tashkil etilayotgan Muhandislik maktabi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rilgan istiqbolli rejalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, bugungi kunda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda muhim bo‘lgan yo‘nalishlar hamda tadqiqotchilar e’tibor qaratishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.