Jizzax politexnika institutida har haftaning juma kuni milliy liboslar kuni sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kunda institut xotin-qizlarining milliy kiyimda bo‘lishi go‘zal an’anaga aylanib bormoqda. Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi hisoblanadi. Milliy matolardan tikilgan liboslar xotin-qizlarimizning husniga husn, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Qolaversa, bu liboslar xalqimiz, ayniqsa, qizlarimizda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.