Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
14.02.2025

Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “Qaytar dunyo” spektakli namoyish etildi

Mazkur spektaklni Jizzax politexnika institutida tahsil oluvchi talaba-yoshlar tomosha qilishdi. Tarbiya va ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin. Joriy yilning 14-fevral kuni Jizzax viloyati hokimligining tashabbusi bilan Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatr repertuaridagi – “Qaytar dunyo” spektakli namoyish etildi. Mazkur spektaklni Jizzax politexnika institutida tahsil oluvchi talaba-yoshlar tomosha qilishdi. Tomoshabinlar uchun havola etilgan sahna ko‘rinishi oilani mustahkamlash, uning baxtli hayot kechirishini ta’minlash, farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalash kabi muhim masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, barchada katta taassurot qoldirdi. Talaba-yoshlar spektakldan o‘zlari uchun yetarlicha xulosa oldilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3