Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
17.02.2025

#live

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 16-yanvar kuni Investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni hajmini oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash choralari xususida yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov hamda bosh prokuror birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev boshchiligida Oliy ta’lim muassasalarida eksport va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha 2025-yilda bajariladigan ishlar samaradorligi, mavjud muammolar va yechimiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Bir necha oliy ta’lim muassasalari hisoboti tinglanishi ko‘zlangan yig‘ilishda barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prokuratura idoralari vakillari hamda prorektorlar ishtirok etishmoqda.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3