Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
15.03.2025

Navro‘z - milliy qadriyat va an’analarni o‘zida jam qilgan bayram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Hay’at yig‘ilishidan so‘ng Jizzax politexnika institutida o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tadbirida ishtirok etdi. Bahoriy ruhda o‘tgan tantanada oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ham qatnashdi. Tadbir davomida milliy qadriyat va an’analarni aks ettiruvchi arqon tortish, kamondan o‘q uzish, shaxmat, shashka, stol tennisi kabi sport o‘yinlari, milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar va laparlar namoyish etildi. Bayram ishtirokchilarga yuqori kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3