Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-401-sonli qaroriga asosan 2023/2024-oʻquv yilida samarali mehnat faoliyatini olib borgan, oliy taʼlim muassasalarining bir qator psixologlari hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari uchun joriy yilning 26-28-avgust kunlari Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Yoshlar oromgohi”da ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi. Shuningdek seminar-trening davomida sayohat ham tashkil qilindi. Ushbu seminar-treningda institutimiz psixologi Rajabov Orifjon Xonimqulovich ham ishtirok etmoqda.