Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
29.08.2024

Jizzax telekanali "E’tiboringiz markazida" tok shousida talabalarni turar joy bilan ta'minlash muhokama qilindi

"Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish borasidagi ishlar" Jizzax telekanali "E’tiboringiz markazida" tok shousi ana shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda Jizzax viloyatidagi 3 ta oliy ta’lim muassalaridan vakillar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda amalga oshirilgan ishlar, jumladan, talabalar turar joylariga joylashtirish axborot tizimining joriy etilishi, talabalar turar joylari bilan qamrov darajasining oshishi, talabalarning oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish, onlayn ariza yuborish tartibi va talabalarning talabalar turar joyiga joylashishigacha bo‘lgan jarayonlar, talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlariga joylashishlari mavzularidagi savollarga batafsil javob berishdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3