Jizzax politexnika instituti hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan brifingga TTJlarga uyushtirilgan mazkur press-tur yakun yasadi. JDPU hududidagi 600 o‘rinli davlat xususiy sherikchilik asosida qurilayotgan TTJ tez kunlarda qurilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 7 qavatdan iborat barcha sharoitlarga ega ushbu talabalar turar joyi oktyabr oyigacha foydalanishga topshiriladi. Press-tur ishtirokchilariga yangi qurilayotgan TTJ haqidagi barcha ma’lumotlar universitet moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor F.To‘rayev tanishtirdi. Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar Jizzax politexnika instituti asosiy binosida joylashgan TTJda bo‘lishdi. Press-tur davomida Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor v. b. O‘.Misirov tomonidan talabalarni turar joylari, institut jamoasi tomonidan talabalarni kutib olish borasida qilinayotgan ishlar hamda yangi qurilayotgan TTJ haqida ma’lumot berildi. Press-tur ishtirokchilari yotoqxonalardagi xonalar, kutubxona, sport maydonchalarini ko‘rish bilan bir qatorda turar joyga muhtoj talabalarini kutib olish va turar joy bilan ta’minlash choralari bilan bog‘liq ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi