Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
04.09.2024

Energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursi

Ayni paytda Prezident topshirig‘iga binoan Farg‘ona politexnika institutida energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tmoqda. Unda respublikamizdagi energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining 50 nafardan ortiq kafedra mudir va professor-o‘qituvchilari hamda hamkor tashkilot vakillari qatnashmoqda. Mazkur o‘quv kursida Jizzax politexnika instituti "Energetika" kafedrasi mudiri I.Xonto‘rayev va kafedra professor-o‘qituvchilari E.Abdullayev hamda M.Hasanovlar ishtirok etmoqda. O‘quv kursi “Energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari” mavzusiga bag‘ishlanib, ikki kun davom etadi. Anjuman yalpi yig‘ilishida so‘zga chiqqanlar hozirda yurtimizda energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohadagi muammolarga ilmiy yechim topishga alohida e’tibor qaratish zarurligini alohida ta’kidlashdi. Kurs dasturiga muvofiq bugun ekspertlar tomonidan Farg‘ona tumani misolida “Elektr tarmoqlarida energiya samaradorligini ilmiy-texnikaviy tahlili”, “Nasos stansiyasiga tegishli transformator punktlarida energiya samaradorlik boʻyicha amalga oshirilgan amaliy ishlar”, “Energiya hajmdor korxonalarda ekspress energetik audit oʻtkazish” va “Energiya hajmdor korxonalarda ekspress energetik audit oʻtkazish” bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, mavzu yuzasidan muhokamalar olib boriladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3