Stajirovkaning dastlabki haftasida oʻzbekistonlik professor-oʻqituvchilar va talabalarni rasmiy kutib olish marosimi hamda bir qator milliy-an'anaviy tadbirlar boʻlib oʻtdi. Shuningdek, har bir professor-oʻqituvchi oʻz tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha tegishli kafedralarga biriktirilib faoliyat olib borishmoqda. Ushbu tadbirlar davomida institutimiz vakillari ham faol ishtirok etishmoqda.