Jizzax politexnika instituti yuriskonsulti Ergasheva Dodar Farmonovna 77 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabriklandi.
Institutda uzoq yillar davomida sidqidildan va samarali mehnat qilib kelayotgan D. Ergasheva tavallud ayyomi munosabati bilan institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov tomonidan tabriklanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida institut rahbariyati tomonidan yuriskonsultga samimiy tilaklar bildirilib, ko‘p yillik mehnat faoliyati va kasbiy fidoyiligi alohida e’tirof etildi.
Mazkur e’tibor va e’tirof D. Ergashevaning yillar davomida to‘plagan boy tajribasi, mas’uliyatli mehnati hamda institut rivojiga qo‘shgan munosib hissasiga bo‘lgan yuksak hurmat ifodasi ekanligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Ergasheva Dodar Farmonovna 1973-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1974–2006 yillarda Jizzax viloyatida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2009-yildan buyon Jizzax politexnika institutida yuriskonsult sifatida samarali mehnat qilib kelmoqda.