Yig‘ilish davomida bir guruh professor-o‘qituvchilarga Turon Fanlar Akademiyasining professorlik hamda faxriy akademik unvonlari tantanali ravishda topshirildi.
Jumladan, Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani Abbazov Ilxom Zapirovichga professorlik unvoni berildi. Shuningdek, Jizzax davlat pedagogika universiteti “Fiziologiya va gigiyena” kafedrasi mudiri Mavlanov Xudarganga professorlik unvoni, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Turatov Shuxratga esa faxriy akademik unvoni topshirildi.
Bundan tashqari, Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Erkin Xolmatov Turon Fanlar Akademiyasi Jizzax filiali faxriy akademik unvoniga qabul qilindi.
Shuningdek, Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori Ochilov Navro‘zbek Turon Fanlar Akademiyasining dotsentlik unvoniga qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida o‘tgan yil sarhisob qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar va rejalar belgilab olindi.