Img
19-Fevral, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti va Parma Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ikkinchi Italiya–O‘zbekiston rektorlar forumi doirasida Jizzax politexnika instituti va University of Parma o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida:
🔹 qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
🔹 professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
🔹 akademik dasturlarni rivojlantirish;
🔹 Yevropa grant dasturlarida hamkorlikda ishtirok etish kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Ushbu kelishuv Jizzax politexnika institutining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish va Yevropa ta’lim makoni bilan integratsiyasini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🌍 Xalqaro maydonda JizPI nufuzi tobora ortmoqda!

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3