Img
19-Fevral, 2026-yil

Iqtidorli talaba-yoshlar uchun seminar-trening tashkil etildi

Jizzax politexnika institutida “Iqtidorli talaba-yoshlarni respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rik-tanlovlar, festivallar va ko‘rgazmalarga jalb qilish hamda tayyorlash” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor J. Abdunazarov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A. Mustafaqulov, Innovatsion rivojlanish agentligi Jizzax viloyat innovatsion rivojlanish bo‘linmasi mutaxassisi M. Abilqosimov, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Seminar davomida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni turli tanlov va loyihalarga tayyorlash, ilmiy salohiyatini oshirish hamda qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, 2025–2026-o‘quv yili uchun Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida faol qatnashib, stipendiya sohibiga aylangan 6 nafar iqtidorli yoshlar hamda ularning ilmiy rahbarlari yutuqlari munosib ravishda taqdirlandi.

Bunday tadbirlar yoshlarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2