Institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024-2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”sining 65-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida institutga biriktirilgan adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hamda mantiqiy savollar asosida “Zakovat” intellektual o‘yinining institut bosqichi o‘tkazildi. Intellektual o‘yinda fakultetlardan quyidagi jamoalar ishtirok etdi: Energetika muhandisligi fakultetidan: 1. “Omadlilar” jamoasi (tyutor A.Daverov); 2. “Kelajak” jamoasi (tyutor A.Xayrullayev); 3. “Yangi yulduzlar” jamoasi (tyutor M.Mirzayev); 4. “Energetiklar” jamoasi (tyutor U.Usarova). Kibersport fakultetidan: 5. “Yosh ijodkorlar” jamoasi (tyutor A.Abdiyev); 6. “Iqtisodchilar” jamoasi (tyutor B.Turopov); 7. “Yuksalish” jamoasi (tyutor O.Olimov); 8. “Dasturchilar” jamoasi (tyutor B.Esanturdiyev). Kimyo muhandisligi fakultetidan: 9. “Kadastr” jamoasi (tyutor T.Dungalov); 10. “Atom” jamoasi (tyutor Y.Sulaymonov); 11. “Arxitektura” jamoasi (tyutor A.Mamarahimova); 12. “Metallurg” jamoasi (tyutor F.Otaboyev). Qurilish muhandisligi fakultetidan: 13. “Intellekt” jamoasi (tyutor B.Inatov); 14. “Injinerlar” jamoasi (tyutor D.Munosibova); 15. “Bilimdonlar” jamoasi (tyutor R.Mardonov); 16. “Semurg‘” jamoasi (tyutor X.O‘rolov). Transport muhandisligi fakultetidan: 17. “101-24” jamoasi (tyutor N.Gulboyeva); 18. “Muhandislar” jamoasi (tyutor R.Djumabayev); 19. “Turon” jamoasi (tyutor Z.Otaqulov); 20. “Transport” jamoasi (tyutor Z.Otaqulov); 21. “Logistika” jamoasi (tyutor A.Naxalboyev). Intellektual o‘yin yakunida I o‘rinni Kibersport fakultetining “Iqtisodchilar” jamoasi, II o‘rinni Qurilish muhandisligi fakultetining “Injinerlar” jamoasi, III o‘rinni Kibersport fakultetining “Yosh ijodkorlar” jamoasi egalladi.