Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
30.09.2024

Jizzax politexnika instituti rektorining o‘qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar! Siz, azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. O‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, bilimi hamda salohiyatini xalqimizning barkamol o‘g‘il-qizlarini tarbiyalashga, ularni komil insonlar etib yetishtirishdek ulkan va mas’uliyatli ishga baxshida etgan ustozlarimiz, muallimu murabbiylarimizning pedagogik faoliyatida omad, sog‘lik va salomatlik tilayman. Hurmatli hamkasblar! Bugungi shiddatli zamon barchamizning oldimizga o‘ta muhim va murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida raqobatbardosh, yetuk kadrlarni tayyorlash qat’iy talabga aylandi. Shunday paytda ezgu maqsadlarimizga yetish, dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lish uchun yoshlarimizni ilm va ma’rifat bilan qurollantirishimizni zamonning o‘zi talab qilmoqda. Yangilanayotgan O‘zbekiston ilm-fani rivojida Sizning boy tajriba va mahoratingiz beqiyos ahamiyatga ega, deb hisoblayman. Barchangizga mazkur olijanob faoliyatingizda hamisha yangi yutuq va omad tilayman. Muqaddas vatanimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi har doim ortib boraversin. Institut rektori, t.f.d., prof. Alisher Usmankulov