2024-yil 25-sentabr kuni Shimoliy Xitoy texnologiya universitetida O‘zbekiston-Xitoy universitetlarining ilmiy va innovatsion texnologiyasi mavzusidagi birinchi konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu konferensiya asosiy plenariyasida Jizzax politexnika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Jamshid Abdunazarov Xitoy va O‘zbekiston OTMlarining fan hamda ilmiy sohadagi hamkorligi mavzusida ma'ruza bilan chiqish qildi. Shuningdek, ushbu xalqaro anjuman 7 ta sho‘balarda davom etib, unda institut professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ma'ruzalari bilan qatnashishdi. https://t.me/jizpi_online/32669