Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan 2024-yil 10-may kuni tasdiqlangan “Republikadagi oliy ta’lim muassasalarining o‘zi joylashgan shahar hamda tumandagi mavjud bog‘ va xiyobonlarda tadbirlar tashkil etish bo‘yicha reja-jadvali”ning ijrosini ta’minlash maqsadida institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlar ishtirokida Jizzax shahrida joylashgan Navro‘z ekologik istirohat bog‘ida “Besh muhim tashabbus” festivali 2024-yil 3-oktyabr kuni o‘tkazildi. Festivalda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, “Jismoniy tarbiya” kafedrasi professor-o‘qituvhcilari, tyutorlar, institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchi va koordinatorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Festivalni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova ochib berib, so‘zida institutda besh muhim tashabbus doirasida bir qancha sport musobaqalari, tanlovlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinayotganligini ta'kiblab o‘tdi. Kitobxonlik tanlovlari, “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi, rassomchilik, kibersport musobaqalari shular jumlasidandir. Jismoniy tarbiya kafedrasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” hamda “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” kabi sport musobaqalari ham talabalarni sog‘lom, epchil, chaqqon bo‘lishlarida muhim rol o‘ynamoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shundan so‘ng sportning arqon tortish, arg‘imchoqda sakrash turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Yigitlar o‘rtasida o‘rtasida o‘tkazilgan arqon tortish musobaqasida Energetika muhandisligi, Kibersport, Kimyo muhandisligi, Qurilish muhandisligi, Transport muhandisligi fakultetlari ishtirok etdi. Qizg‘in tusda bo‘lib o‘tgan, jamoa bilan birga harakatni talab etadigan arqon tortish musobaqasida I o‘rinni Transport muhandisligi, II o‘rinni Kimyo muhandisligi, III o‘rinni Kibersport fakultetlari yigitlari egallashdi. Shundan so‘ng institutimizning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan taniqli adiblaning ijodi asosida bir qancha she’rlar o‘qib berildi. Iqtidorli tomonidan aytilgan she’rlar barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi.