Joriy yilning 8-oktabr kuni institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlar ishtirokida institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 91-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari asosida tanlov o‘tkazildi. Tanlovda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tanlovni ochib bergan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova bu kabi kitobxonlik, turli munozara tanlovlari institutda doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotganligini, ushbu tanlovlarni o‘tkazishdan maqsad talabalarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish hamda mutolaa va kitobxonlik madaniyatini orttirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlov boshlandi. Tanlovda ishtirok etgan talabalar O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari asosida esse yozib berishdi.