Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
09.10.2024

Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov 2-sonli talabalar turar joyida bir kecha qolib, u yerdagi talabalar bilan samimiy va do‘stona muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevralda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha 2024-yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida: Har bir oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va yechimi yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rishi; Har bir oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) alohida reja-grafik asosida ijara va Talabalar turar joylarida yashayotgan talabalarning holidan shaxsan xabar olishi, grafik asosida yotoqxonada talabalar bilan birga yashashi, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishi lozimligi vazifalari belgilab berilgan. Shundan kelib chiqib, institut rektorining Talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga tashrifi bo‘yicha reja-grafigi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan reja-garfikka ko‘ra, 2024-yil 7-oktabr kunida rektor 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida rektor talabalar turar joyidagi holat bilan tanishib, talabalar bilan bilan samimiy muloqot qildi. Talabalar turar joyidagi talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud kamchiliklarni o‘rganib, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport to‘garaklarini birma-bir ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, rektor talabalar turar joyidagi oshxona faoliyati bilan tanishdi. Institut rektori tun davomida talabalar turar joyida navbatchilik olib borayotgan mas’ullar bilan muloqotda bo‘ldi. Ularning ish faoliyati taftishdan o‘tkazilib, ichki nazoratni yanada kuchaytirish borasida kerakli tavsiyalar berildi. Institut rektori tun davomida talabalar turar joyida navbatchilik olib borayotgan mas’ullar bilan muloqotda bo‘ldi. Ularning ish faoliyati taftishdan o‘tkazilib, ichki nazoratni yanada kuchaytirish borasida kerakli tavsiyalar berildi. Instut rektori talabalar turar joyida bir kecha qolishi, yoshlarda katt taassurot qoldirdi, zero, shu orqali o‘g‘il-qizlar yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, talabalarning bilim olishiga berilayotgan e’tibor, yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlarni qalban his etdilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3