11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Jizzax Politexnika institutida "Sening tashabbusing-sening kelajaging" shiori ostida qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi boshlig‘i M.Abdurahmonova, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi U.Navro‘zova, viloyat “Oqila ayollar” harakati a’zosi D.Abdullayeva, institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D.Qurbonova, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi Sh.Xoshimova hamda talaba-qizlar ishtirok etdi. Forum avvalida, xotin-qizlarni barcha sohalarda madh etuvchi ajoyib rolik qizlar e'tiboriga namoyish etildi. Shuningdek, forum davomida rahbar, ijodkor ayollar va yutuqlarga erishgan lider qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.