...

18 Iyn

Barcha fakultetlar yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Bir yigitga qirq hunar kam” mavzusida bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlari siyosatida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yoshlarning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun muhim poydevor bo‘ldi hamda yoshlarimizning munosib hayot kechirishi, ularning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha tizim – “Yoshlar daftari” joriy etildi. Yoshlarning muommolari, taklif va istaklari “mahallaboy” o‘rganildi. Ularning yechimlari bo‘yicha “Yoshlar dasturlari” ishlab chiqilib, ijrosi tizimli yo‘lga qo‘yildi.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallari va forumlarini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi № 103-son bayonida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning may-iyun oylari respublikamizda Yoshlar oyligi deb e’lon qilindi.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallari o‘tkazish belgilandi.

Shu munosabat bilan  2022-yil 17-iyun kuni Jizzax politexnika institutidagi barcha fakultetlar yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Bir yigitga qirq hunar kam” mavzusida bellashuv bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar uch shart doirasida bellashdilar. Birinchi shartda ishtirokchilar o‘zlarining fakultetdagi faoliyati hamda erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ikkinchi shartda yetakchilar sport musobaqalari bo‘yicha bellashdilar. Uchinchi shartda esa erkin mavzuda chiqishlar qilishdi.

Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz – Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus mohiyatini yoshlar ongiga yanada singdirish, yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohatlarga faol jalb qilish, iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish va eng asosiysi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdir.

Bellashuvda, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti yoshlar yetakchisi Nuriddin Alimov “Eng bilimdon yetakchi” nominatsiyasi bo‘yicha I darajali Diplom bilan taqdirlandi.

Transporpt fakulteti yoshlar yetakchisi Omonov Javoxir “Eng tashabbuskor yetakchi nominatsiyasi” bo‘yicha II darajali Diplom bilan taqdirlandi.

Servis fakulteti yoshlar yetakchisi Kattabek Xoliqulov “Eng mahoratli yetakchi” nominatsiyasi bo‘yicha III darajali Diplom bilan taqdirlandi

Bellashuv juda qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.

8