Jizzax politexnika instituti matbuot kotibi Jahongir Tulakov 8-aprel kuni jurnalist, bloger, havaskor bloger hamda ijtimoiy tarmoqlarda admin bo'lgan institut talabalari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv ilk bor tashkil etilgan bo’lib, uchrashuvda ijtimoiy tarmoqdagi ko’tarilayotgan mavzular va bloger hamda havaskor blogerlar faoliyati yuzasidan fikrlar bildirildi. Qiziqarli hamda ochiq suhbat tarzida o’tgan uchrashuvda blogerlar jamoasini tuzish, ular uchun boshlang'ich pulli va bepul intensiv kurslar hamda noyob kontent yaratish bo’yicha master klasslar tashkil etish bo’yicha takliflar o’rtaga tashlandi. Shuningdek, tashkil etilishi rejalashtirilgan blogerlar jamoasi tomonidan yaratiladigan loyihalar bo’yicha ham fikrlar bildirildi. Ta’kidlash joizki, yaqin kunlarda blogerlar jamoasi va jamoaning ilk yig’ilishlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.