Bugun, 1-iyun kuni Jizzax politexnika institutida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda ZOOM platformasi orqali korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha onlayn yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda Jizzax viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalari professor-o’qituvchilari, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutaxassislari ishtirok etishdi. Onlayn yig’ilish davomida mamlakatimizda korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga qarshi qat’iy va keskin kurashish, har bir tizimda shaffoflik, adolat tamoyiliga qat’iy amal qilish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil etildi. Qaysi soha va hududlarda korrupsiyaviy holat ko’payganligi va aksincha kamayganligi statistikasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini keng joriy etish, ya’ni bunday holatlarni oldini olish bo’yicha raqamli texnologiyalarni kengaytirish orqali inson omili ta’sirini kamaytirish istiqbollari qizg’in muhokama etildi. Onlayn muloqot so’nggida yig’ilish qatnashchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga soxa mutaxassislaridan javob oldilar.