Joriy yilda institutni tamomlayotgan bitiruvchilarga turli korxonalardan va tashkilotlardan buyurtmalar mavjud. Bitiruvchilarni ishga taqsimlashda yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish hamda bitiruvchilarga taqsimot jarayonida tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida institut tomonidan buyurtmalar qabul qilish davom etmoqda. Institutni tamomlayotgan kadrlarga ehtiyoji mavjud korxona raxbarlari talabnoma va so‘rov xati bilan institut rektoratiga murojaat etishlari mumkin. Talabnoma buyurtmachining rekvizitlari (pochta manzili, telefon) hamda taklif qilinayotgan lavozim to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek, bitiruvchilar bilan suhbat o‘tkazish, tanlab olish va shartnomalarnirasmiylashtirish uchun 2022 yil 15 aprel kuni institutda o‘tkaziladigan "Karera kuni" mehnat yarmarkasi tadbirlariga taklif etamiz.