...

21 Sen

“Energetika va radioelektronika”, “Kimyoviy texnologiya”, “Transport” fakultetlariga birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tabriklashga qaratilgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2022-yil 20-sentyabr kuni institut ikkinchi binosidagi faollar zalida “Energetika va radioelektronika”, “Kimyoviy texnologiya”, “Transport” fakultetlariga birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tabriklashga qaratilgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni “Energetika va radioelektronika” fakulteti dekani U. Yarlakabov kirish so‘zi bilan ochib, institutimizni o‘tgan o‘quv yilidagi bitiruvchilari yutuqlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar berdi. 2021/2022-o‘quv yilida institutda 6597 nafar talaba kunduzgi bakalavr, 2664 nafar talaba sirtqi bakalavr, 218 nafar talaba magistr, 417 nafar talaba qo‘shma ta’lim dasturi asosida, jami 9896 nafar talabalar tahsil oldi. Institutda axborot-kommunikatsion texnologiyalar soni, jumladan, kompyuterlar soni 597 ta, videoproyektorlar soni 44 ta, 21 ta smart televizorlar, 2 ta videodarsliklar yaratish studiyasi, 1 ta IT inkubatsion markaz, 8 ta onlayn mashg‘ulotlar olib borish uchun vebinar xonalar tashkil etilganligi, institutning 3 ta o‘quv binosidagi 134 ta o‘quv xonalarining barchasi to‘liq kuzatuv kameralari bilan jihozlangan, dars mashg‘ulotlarini to‘liq kuzatib, tahlil qilish ishlari yo‘lga qo‘yilganligi. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar soni yildan yilga ko‘payib borayotganligi, barcha yo‘nalishlarda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar yaratilib, tasdiqlangan holda elektron versiyalari institut ARM fondiga joylashtirilganligi to‘g‘risida. Institut huzurida 2 ta texnikum, 1 ta akademik litsey, 1 ta Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, 1 ta qurilish materiallarini sinash bo‘yicha akkreditatsiyalangan ilmiy laboratoriya, 1 ta “Politex me’mor loyiha” loyihalash guruhi faoliyat yuritayotganligi, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab institutning barcha bosqich talabalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar HEMIS tizimiga kiritilayotganligi. Shuningdek, ushbu tizim orqali talabalarning to‘lov shartnomasini olish va monitoring qilish imkoniyati yaratilganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berdi. O‘tgan o‘quv yilidagi bitiruvchilari yutuqlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar haqida va talabalikka qabul qilingan yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida ularni oliy ta’lim muassasasida e’lon qilingan tanlovlar g‘oliblari oliy ta’lim muassasasi tomonidan qanday taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ham tanishtirdi. Shundan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi rahbari Otabek Musurmonov birinchi kursga qabul qilingan talaba-yoshlarni talabalik baxtiga musharraf bo‘lganligi bilan tabriklab, ularga oliy ta’limda a’lo ba’holarga o‘qib o‘z oldilariga yuksak marralar qo‘yib va maqsadlariga yetish uchun doimo harakatda bo‘lishi to‘g‘risida aytib o‘tdi. Tadbir davomida sohaning yetuk mutaxassislaridan Jizzax akumlyator zavodi bosh texnologi Niyatqobil Shirinbekov, Jizzax viloyati Elektr tarmoqlari AJ korxonasi boshliq o‘rinbosari Po‘lat Ko‘narov, institut sobiq talabasi Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumani davlat xizmatlari markazi boshlig‘i Xusanov Azizjonlar tabrik so‘zlarini izhor qildilar. Farzandi birinchi kursga qabul qilingan talabaning otasi O. Jabbarov so‘zga chiqib, birinchi kursga qabul qilingan barcha talabalarga dil izhorlarini bayon etdi, institut professor-o‘qituvchilarga ham o‘z minnadorchiligini bildirdi. Tadbirning ikkinchi qismida badiiy qism boshlandi. Institutimiz iqtidorli talabalari tomonidan kuy, qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Talabalikka bag‘ishlov tadbiri talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otdi va barcha ishtirokchilar ma’naviy dam oldilar.