...

28 Sen

Jizzax politexnika institutida “Kelajakka raxna solayоtgan illat” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlod kelajagiga raxna soluvchi salbiy illatlar faqatgina tamaki chekish, alkogol mahsulotlari yoki giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish bilan cheklanib qolmayapti. So‘nggi vaqtlarda ko‘plab yoshlarimiz orasida kuchli ta’sir qiluvchi hamda tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalariga qaramlik illati paydo bo‘ldi. O‘z o‘rnida, bu illat yosh oilalarning barbod bo‘lishiga, bolalarning tirik yetim qolishiga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, kuchli ta’sir qiluvchi yoki psixotrop moddalar o‘zi nima? Ularga qisqacha ta’rif beradigan bo‘lsak, ta’rif quyidagicha: O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, psixotrop moddalar — psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12- noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan moddalardir. Ularga ruju qo‘yish yoshlar hayotiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Jizzax viloyat sudining sudyalari Dilshod Eshmatov va Sirojiddin Quvvatov, Jizzax viloyat Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Jasur Usmonqulov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Dilshod Xamraqulov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Mavluda Xolbekova, professor-o’qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova kirish so’zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini talaba-yoshlarga tanishtirib o’tdi.

Tadbirda ishtirokchilar mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida toʻxtalib, salbiy illatlarning oldini olishda yoshlar bilan individual ishlashning dolzarb vazifalari borasida fikr-mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, narkologik moddalarni isteʼmol qilgan shaxslarning shaxslar psixologik va tibbiy holati, organizmidagi oʻzgarishlari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi hamda giyohvand, tamaki va alkogol moddalarni isteʼmol qilishning zararli oqibatlari haqida talaba-yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida tadbir ishtirokchilari bilan savol-javob o’tkazildi va fikr-mulohazalar muhokama qilindi. Talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.