...

29 Sen

«Sizga ta’zim, ustozlar!»: JizPIda bayram tantanalari ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Jizzax politexnika institutida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami tantanalari ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

«Sizga ta’zim, ustozlar!» 

Jizzax politexnika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Respublikamizda har yili 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati katta iftixor va g‘urur tuyg‘ulari bilan tadbirlar tashkil etilib, umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlanadi.

Bugun, 29-sentabr kuni Jizzax politexnika institutida “1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami tantanalari ko’tarinki ruhda, institut jamoasi ishtirokida o’tkazildi.

Bayram tadbirida institut rektori, barcha soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi ijro etildi.

Tadbirni institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov bayram tabrigi bilan ochib berdi.

Tabdir davomida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samarali mehnat qilayotgan, dars jarayonlarini yuqori malaka bilan tashkil etadigan va o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirning ikkinchi qismida tadbir ishtirokchilari uchun kofe-breyk tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirning uchinchi qismida Toshkent shahridan tashrif buyurgan san’atkorlar o’zlarining kuy-qo’shiqlari bilan ishtirokchilar ko’nglini xushnud ayladi.

Viloyatimizga kelgan el ardog‘idagi san’atkorlar Respublika qiziqchilar tanlovining mutloq g‘olibi Sherzod Boymurodov hamda Respublika “Iste’dodlarni izlaymiz” ko‘rik  tanlovi g‘olibasi Go‘zal Abdullayeva o‘z chiqishlari orqali tadbir ishtirokchilariga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdilar.

Tadbir uchun tayyorlangan chiqishlar, ko’ngilochar dasturlar aziz va muhtaram ustozlarimiz uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi.

💐BAYRAMINGIZ MUBORAK AZIZ USTOZ VA MURABBIYLAR!

Institut matbuot xizmati